SKANDINAVIYA TILLARI haqida to’liq ma’lumot oling
SKANDINAVIYA TILLARI — german tillarining shim. guruhchasi, dan (dat), shved, norveg (bukmol va nyunorsk variantlari), island, farer tillarini qamrab oladi. Daniya (jumladan, Farer orollari) va Shvetsiyada, Finlandiyaning gʻarbiy qismida, Norvegiya va Islandiyada, qisman, Kanada va AQSHda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 20 mln. kishidan ortiq.
St. ilk yozma yodgorliklari 3-a. dan maʼlum boʻlgan va umumskandinav tili deb atalgan qarindosh lahjalar guruhidan kelib chiqqan. Ularning oʻzaro farklanishi va alohida tillar paydo boʻlishi 9—11-a. larda boshlanib, 15-a. oʻrtalarida nihoyasiga yetgan. Shu bilan birga, muayyan oʻxshash va farkli jihatlari boʻyicha St. ning 2 ta tarqalish mintaqasi: kontinental (dan, norveg va shved tillari) va orollar (island va farer tillari) mintaqasi mavjud boʻlgan.
Hoz. St. oʻxshashlik asosida bir guruhni tashkil eteada, ular tilning barcha sathlarida muayyan farklarga ega. Mas, fonologik jihatdan shved va norveg tillari juda yaqin boʻlib, musiqiy urgʻuga ega boʻlsa, dan tilida ayrim undoshlarning unlilarga yaqinlashuvi kuzatiladi, island va farer tillarida esa urkusiz unlilar reduksiyasi uchramaydi. Morfologik jihatdan dan, shved, norveg tillarida analitizm belgilari, island va farer tillarida eyea sintetizm belgilari yaqqol sezilib turadi; ular, shuningdek, grammatik jins, kelishik, son kategoriyalarining mikdori va qoʻllanishi, sifat va feʼl turkumlaridagi oʻziga xosliklar bilan ham oʻzaro farqlanadi. Kontinental va orollardagi St. lugʻat tarkibi jihatidan ham muayyan farqlarga ega: norveg, shved, dan tillarida lotin, nemis, fransuz va ingliz tillaridan oʻzlashgan soʻzlar koʻplab uchrasa, island va farer tillarida bunday oʻzlashmalar oʻrniga oʻz soʻzlari mavjud. St. 3—11-a. larda, asosan, runik yozuvdan foydalangan. 12—16-a. larda runik yozuv oʻrnini astasekin lotin yozuvi egallay boshlagan. Hoz. Skandinaviya tillarining barchasi lotin grafikasiga asoslangan alifbolarga ega. Lotin yozuvidagi eng qad. qoʻlyozmalar 12-a. ning 2-yarmiga taalluqli.
Malumotlar
SKANDINAVIYA TILLARI