VITTIG haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VITTIG haqida malumot bilib oling.

VITTIG (Wittig) Georg (1897.16.61987.26.8) — nemis organik kimyogari. Tadqiqotlari murakkab va tanqis organik birikmalar sinteziga bagʻishlangan. Fenillitiy taʼsirida oddiy efirlarning spirtlarga qayta guruhlanishini asoslagan (1942, Vittig qayta guruhlanishi). Pentafenilfosforni sintez qilgan (1952). Karbonil birikmalar va alkilidenfosforanlardan olefinlar olish reaksiyasini kashf etgan (q. Vittig reaksiyasi, 1954).

Tripiyensenni sintez qilgan (1956). YANR usuli bilan aromatik propellanning tuzilishini aniqlagan (1971). Nobel mukofoti laureati (1979, G. Ch. Braun bilan hamkorlikda).

Ensiklopediya.uz
VITTIG