GUARANI TILI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GUARANI TILI haqida malumot bilib oling.

GUARANI TILI — Jan. Amerika indeyslari tili. Tupi-guarani tillari oilasiga mansub. Guarani tili Paragvay va Braziliyaning Matu-Grosu va Parana viloyatlari hududlarida hamda Argentina (Misones, Gran-Chako, Korriyentes, Formosa) da tarqalgan. Guarani tili leksikaning 30 — 40% ini ispan tilidan oʻzlashgan soʻzlar tashkil etadi. Boliviyadagi indeyslarning tili ham Guarani tili nomi bilan ataladi (11 ming kishi soʻzlashadi). Paragvayda garchi ispan tili rasmiy til boʻlsada, aholining 90%i (3 mln. kishi) Guarani tilida soʻzlashadi. Bu tilda gaz. lar, kitoblar nashr etiladi, radioeshittirishlar beriladi. Maktab taʼlimida ham qoʻllaniladi. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.

Ensiklopediya.uz
GUARANI TILI