GRONINGEN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRONINGEN haqida malumot bilib oling.

GRONINGENNiderlandiya shim,-sharqidagi shahar. Groningen provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 170 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oxiri). Mamlakatning shim.-sharqiy rnining savdo-transport, madaniy markazi. Bir necha kanallar kesishgan yerdagi port. Shakarqand, kimyo, tikuvchilik, radioelektronika, poligrafiya sanoati korxonalari, un-t (1614) bor. Shahar 11-a. dan maʼlum. Gotika cherkovi va 15 — 18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Shahar yaqinida yirik gaz koni (dastlabki zaxirasi 1960 mlrd. m3) ochilgan.

Ensiklopediya.uz
GRONINGEN