GRAFITOPLASTLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRAFITOPLASTLAR haqida malumot bilib oling.

GRAFITOPLASTLAR — tarkibida toʻldirgich sifatida tabiiy yoki sunʼiy grafit, yoxud karbonatlashgan maqsulotlar (kokslar, termoantratsit va b.) boʻlgan plastmassalar. G. presslangan kukun, donador va quyma kompaundlar koʻrinishida olinadi. Buyumlar presslangan kukunlardan issiqlayin presslab tayyorlanadi. Termoreaktiv materiallar (bogʻlovchi moddasintetik smolalar) kimyo apparatlari, elektr isitkich elementlari i. ch. da qoʻllaniladi. Grafitli termoplastlar (poliamidlar, ftoroplast-4) mashinalarning ishqalanuvchi detallari (mas, podshipniklarning vkladishlari) uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari G. dan turli xil filtrlar, quyish qoliplari, shesternyalar, porshen halqalari va b. tayyorlanadi.

Ensiklopediya.uz
GRAFITOPLASTLAR