GRAMMATIK KATEGORIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRAMMATIK KATEGORIYA haqida malumot bilib oling.

GRAMMATIK KATEGORIYA — 1) max sus koʻrsatkichlar yordamida soʻzlarning oʻzgarish, birikish va gap hosil qilish qoidalariga asoslangan umumgrammatik tushuncha. G. k. grammatikaning qaysi sohasiga oidligiga koʻra morfologik va sintaktik kategoriyaga boʻlinadi. Sintaktik kategoriyalar morfologik kategoriyaga teng boʻlmaydi. Mac, bizning oila — toʻq oila. Bu jumlada morfologik jihatdan toʻrt soʻz, uch xil soʻz turkumi bor (olmosh, ot va sifat, ot), sintaktik jihatdan esa faqat ikki boʻlak — ega va kesim mavjud.

Ld.:Gʻulomov A. Gʻ., Asqarova M. A., Hozirgi zamon oʻzbek tili, T., 1961.

Ensiklopediya.uz
GRAMMATIK KATEGORIYA