GODOGRAF haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GODOGRAF haqida malumot bilib oling.

GODOGRAF (yun. hodos — yoʻl va… graf) — 1) mexanikada — biror vektor funksiyaning vaqt davomida oʻzgarishini koʻrsatadigan egri chiziq. Mac, MN egri chiziq boʻylab harakatlanayotgan nuqtaning Godografi har xil nuqtalardagi tezliklar vektorlariga parallel va teng qilib O nuqtaga qoʻyilgan vektorlardan hosil boʻladi (rasm). G. tushunchasini mexanikaga U. Gamilton kiritgan,.

2) seysmologiyada — seysmik toʻlqinlarning manbadan kuzatish punktigacha yetib borishi uchun ketgan vaqtning masofaga bogʻliqligini koʻrsatadigan egri chiziq. Bu chiziqning shakli va qiyaligi zilzila yoki portlash hosil qilgan toʻlqinlar oʻtgan muhitning elastik xususiyatlariga bogʻliq. Seysmik kuzatishlar natijasida tuzilgan Godograf yordamida har xil chuqurliklarda seysmik toʻlqinlar tezligi, yer osti qatlamlari qalinligi aniqlanadi. Godograf yordamida yer ostining tuzilishi va qazilma boyliklarining joylashishi haqida ham maʼlumotlar olish mumkin.

Ensiklopediya.uz
GODOGRAF