GOVA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GOVA haqida malumot bilib oling.

GOVA (fors, hoʻkiz) — qad. Sugʻdiyona oʻlkasining alohida muzofoti. Avesto kitobida Zarafshon vodiysi haqida gapirilib, «Sugʻuda» (Sugʻd) nomi bilan birga «Gova» nomi ham tilga olingan. Undagi maʼlumotga koʻra G. hoz. Samarkand viloyatining sharqiy tumanlarini oʻz ichiga olgan va suvga serob, chorvasi koʻp obod joy boʻlib, axrlisi farovon turmush kechirgan. Afsonalarda Gova odam boshli hoʻkiz (Govmard) obrazida tasvirlanadi. Xorazmda u «Jovmard qassob» («Govmard qassob») nomli epik qahramon obrazida tilga olinadi. Samarkand yaqinidagi Talli Barzu xarobasi qazilganda, milodning boshlariga oid bir xum sinigʻi topildi, unda odam boshli hoʻkiz surati tasvirlangan.

Ensiklopediya.uz
GOVA