GIRIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIRIN haqida malumot bilib oling.

GIRIN, Szilin — Shim.-sharqiy Xitoydagi provinsiya. Mayd. 187 ming km2. Aholisi 26,4 mln. kishidan ziyod (1998), aksariyati xitoylar, shuningdek, koreys va manchjurlar ham yashaydi. Maʼmuriy markazi — Chanchun sh. G. ning jan.-sharqiy qismini bal. 500—1200 m boʻlgan Manchjuriyakoreya togʻlari egallagan. Eng baland yeri — 2744 m (Baytoushan togʻi). Iqlimi moʻtadil, mussonli. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —17°, —20°, iyulniki 20—24°. Tekislik joylarida yillik yogʻin 400 — 600 mm, togʻlarda 1000 mm gacha. Hududining ancha qismida dehqonchilik qilinadi, 1/3 qismi oʻrmon. G. —mamlakatning muhim sanoat rni. Girin hududida toshkoʻmir, mis, qoʻrgʻoshin-rux, temir rudalari, oltin qazib olinadi. Soʻngari darʻsida katta GES qurilgan. Girinda avtomobilsozlik, qora metallurgiya (Tunxua) sanoatlari barpo etilgan. Oʻrmon, yogʻochsozlik, qogʻoz va kimyo sanoatlari rivojlangan. Q. x. da dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori, tariq, gaolyan, sholi, qand lavlagi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, yilqi, maral boqiladi. Jenshen yigʻiladi.

Ensiklopediya.uz
GIRIN