GIPOSTIL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIPOSTIL haqida malumot bilib oling.

GIPOSTIL (yun. hypostylos — ustunlar yordamida koʻtarilgan) — usti yopiq hashamatli xona (ibodatxona yoki saroy zali) shiftining kolonnalar qatori ustiga tayantirib joylashtirilishi. Gipostil yoki Gipostil li zallar Qad. Sharq meʼmorligida (Misr, Eron) keng qoʻllanilgan. Karnakaat Amon ibodatxonasi (mil. av. 13-a. oxiri) Gipostil zalining eni 103 m, ichkarisi 52 m, maydoni 5000 m2 ga yaqin boʻlgan. Tomi 16 qatorli har bir qatori 10 ta kolonnadaga tayangan. Markaziy nefida 6 qatorli, (qar birida 2 tadan) kolonnalar boʻlgan. Markaziy kolonnalar bal. 20,4 m, diametri 3,4 m. Kapiteli ochilgan papirus guliga oʻxshash. Yon tomonidagi kolonnalar bal. 16 m, gʻunchasimon kapiteli tosh bloklarni berkitib turibdi. Har bir kolonnaga muqaddas Amon xudosini ulugʻlovchi tasvirlar ishlangan. Maydoni kengdek, shifti esa goʻyo havoda parvoz qilayotgandek tuyuladi.

Ensiklopediya.uz
GIPOSTIL