TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR haqida to’liq ma’lumot oling
TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR — temirbetonlai tayyorlangan elementlar va ularning birikmalari. Tayyorlanish usuliga koʻra, monolit (yaxlit), yigʻma va yigʻmakuyma xillari boʻladi. Temirbeton konstruksiyalar yangi paydo boʻlgan davrlarda (19-a. oxiri, 20-a. boshlari) monolit varianti kengtarkaldi. 20-a. oʻrtalaridan boshlab yigʻma Temirbeton konstruksiyalar ham paydo boʻla boshladi. Endilikda qurilishni yigʻma Temirbeton konstruksiyalar siz tasavvur etib boʻlmaydi.
Monolit Temirbeton konstruksiyalar poydevorlar, gidrotexnika va melioratsiya inshootlari, rezervuarlar, suv bosimi minoralari, bunker va silos minoralari qurishda ishlatiladi. Ayniqsa, zilzilabardosh imoratlarni qurishda juda qoʻl keladi, chunki poydevor, ustun, toʻsin va yopmalarning yaxlit holda ishlanishi binoning zilzila bardoshligini taʼminlaydi.
Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar ixtisoslashgan zdlarda, mexanizatsiyalashgan ochiq poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib keltirilib, koʻtarish kranlari vositasida yigʻiladi (montaj qilinadi). Yigʻma Temirbeton konstruksiyalarning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun ketadigan mehnat va yogʻoch sarfi bir necha marta qisqaradi (Oʻzbekistonda yogʻoch kamligi uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi, konstruksiyalarning sifati ortadi.
Metall va yogʻoch konstruksiyalarga nisbatan yigʻma Temirbeton konstruksiyalar chidamliligi, olovbardoshligi hamda zanglashga chidamliligi bilan farqlanadi. Sanoat, uyjoy va fuqaro qurilishi uchun temirbeton qoziqlar, poydevor bloklari, ustunlar, toʻsinlar, ferma elementlari, tom, orayopma va devor panellari, kranosti toʻsinlari, zinapoya marshlari va maydonchalari, balkon va karniz plitalari, deraza va eshik oʻrni panellari, sarbasta (tepadon), deraza osti plitalari va b. ishlab chiqariladi. Sanoat binolarining 85% ini yigʻma Temirbeton konstruksiyalar tashkil etadi. Yoʻltransport qurilishi uchun temirbeton shpallar, koʻpriklarning yigʻma elementlari, yoʻlovchi va yuk tashish platformalari detallari, oqova suv quvurlari va ariqlari, avtomobil yoʻllariga toʻshaladigan yigʻma plitalar va b. ishlab chiqariladi.
Gidrotexnika inshootlari uchun qobiq plitalar; q. x. qurilishi uchun ustunlar, toʻsinlar, turli xil plitalar, molxonalar hamda issiqxonalar, yem saqlanadigan transheyalar uchun kerakli detallar, quduqlar uchun xalkalar va b. ishlab chiqariladi. Bulardan tashqari bosim ostida yoki bosimsiz ishlaydigan temirbeton quvurlar, elektr va aloqa simlari uchun temirbeton ustunlar ham tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarning aksariyati standart oʻlchamlarda bajariladi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar uchun betonning mustahkamligi yuqori boʻlgan turlari (V20 — V40)dan foydalaniladi. Temirbeton elementlarning choʻziladigan zonalariga qoʻyiladigan armaturalar oldindan zoʻriqtirilsa (tortib taranglashtirilsa), T. b. k. ning yoriqlar hosil boʻlishiga qarshiligi ortadi. Choʻzuvchi kuchlanishlar paydo boʻladigan konstruksiyalar (egiluvchan elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va b.) da oldindan zoʻriqtirilgan armaturali temirbetondan foydalanish yaxshi samara beradi. Krlipga quyilgan beton qorishmasi mexanizatsiyalashgan usulda zichlashtiriladi. Koʻpincha (ayniqsa, oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda) armaturaning oʻta mustahkam xillaridan, tez qotuvchan sementlardan foydalaniladi; betonning qotishini tezlashtirish uchun maxsus kameralarda bugʻlantiriladi. Yigʻmaquyma (monolit) Temirbeton konstruksiyalar yigʻma elementlarning kuyma beton bilan mustahkam birikmasi. Bunda barcha tarkibiy qismlar birgalikda ishlaydi, konstruksiyaga qoʻyiladigan yuk barcha elementlarga tekis taqsimlanadi; T. b. k. ning yaxlitligi taʼminlanadi. Temirbeton konstruksiyalarning yuk koʻtarish imkoniyati boʻyicha hisoblash nazariyasi oʻzining rivojlanish jarayonida 3 asosiy davrni bosib oʻtdi. Birinchi — dastlabki davrda Temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda ruxsat etilgan kuchlanishlar nazariyasidan foydalanilgan. Bu nazariya materiallar qarshiligi fanining formulalariga asoslangan edi. Rivojlanishning ikkinchi davri A. F. Loleyt va A. A. Gvozdevning ilmiy ishlaridan boshlandi (1931). Bu ishlar asosida yaratilgan buzilish bosqichi nazariyasi 1938—55 y. larda qurilish meʼyorlarida asosiy qisoblash nazariyasi boʻlib keldi. Shu davr mobaynida Temirbeton konstruksiyalar larining mustahkamligi shu nazariya asosida hisoblanib kelindi.
Rivojlanishning uchinchi davrida (1955-y. dan) yangi usul — chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblash usuli yaratildi. Bu usul hoz. kunda ham qoʻllaniladi va davr talabiga moye ravishda yil sayin takomillashib boradi. Zamonaviy qurilish texnologiyasining muhim vazifalaridan biri temirbeton, shu jumladan, yengil Temirbeton konstruksiyalar yaratish va amalda joriy etishdan iborat.
Ad.: Asqarov B. A., Nizomov Sh. R., Hobilov B. A. Temirbeton va tosh-gʻisht konstruksiyalari, Temirbeton konstruksiyalar, 1997; Baykov V. N., Sigalov E. Ye., Jelezobetonnыye konstruksii, M., 1985.
Malumotlar
TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR