TELPAK haqida to’liq ma’lumot oling
TELPAK — erkaklarning issiq (moʻynali) bosh kiyimi; yumalok, tepa va moʻynali jiyakdan tuzilgan. Teri charm ulgi yordamida bichiladi. Tepa qismi kalta tukli moʻyna (asosan, qorakoʻl) dan, jiyagi qunduz moʻynasidan tikiladi; astariga uzun tukli (qoʻy yoki tulki) moʻyna ishlatiladi. Toshkent — Fargʻona mintaqasida tepa kismi 4 boʻlak qilib bichiladi, ular oʻzaro ulab tikilganda, qobirgʻalar xreil qiladi. Baʼzi Telpak larda tepa qismiga baxmal, jiyagiga uzun tukli (tulki, suvsar) moʻyna ishlatiladi, baʼzilari mato (movut)dan tikilib, qaytarmasiga qoʻy moʻynasidan foydalaniladi; baʼzan fakat ichiga moʻyna qoplanib, moʻynali jiyaksiz Telpak tayyorlanadi. Xorazmda choʻgirma, baʼzi joylarda qad. bosh kiyimi sifatida boʻrk deb ham ataladi.
Malumotlar
TELPAK