TASHBIH haqida to’liq ma’lumot oling

TASHBIH haqida to’liq ma’lumot oling

TASHBIH (arab. — oʻxshatish) — sheʼriy sanʼatning biri, soʻzlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa, hodisa yoki xususiyatni ular oʻrtasida mavjud boʻlgan biror oʻxshashlik, umumiylik nuqtayi nazaridan qiyoslash. T. 4 qismdan — mushabbah (oʻxshatilgan narsa), mushabbahunbeh (oʻxshatayotgan narsa), adoti tashbih (oʻxshatish vositalari), vajhi tashbih (oʻxshatish sababi) dan iborat. Mas., «Alisher shijoatda arelondek edi» jumlasida Alisher — mushabbah, arelon — mushabbahunbeh, dek — adoti Tashbih, shijoat — vajhi Tashbih dir. Oʻxshatilayotgan narsa yoki hodisalarning bir-biri bilan kay darajada moye tushishiga qarab tashbihi tom (toʻliq Tashbih) va toʻliq boʻlmagan Tashbihga boʻlinadi. Tashbih tuzilishi va xususiyatlariga koʻra tashbihi sarih (ochiq oʻxshatish), T. i mashrut (shartli oʻxshatish), T. i tafzil (chekinish yoʻli bilan oʻxshatish), T. i aks (teskari oʻxshatish), T. i tasviya (barobar oʻxshatish), T. i musalsal (ketma-ket oʻxshatish), T. i kinoyat (kinoya yoʻli bilan oʻxshatish), T. i moʻkad (taʼkid yoʻli bilan oʻxshatish), T. i muzmar kabi koʻrinishlarga ega.

Tashbih koʻpincha boshqa sanʼatlar bilan aralash holda keladi. Bir qator sheʼriy sanʼatlar esa bevosita Tashbih zaminida paydo boʻladi. Tashbih faqat soʻz oʻyini sifatida emas, balki ijodkor gʻoyalarini badiiy yorqin ifodalashga xizmat kiladi.

Malumotlar
TASHBIH