GUSANLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GUSANLAR haqida malumot bilib oling.

GUSANLAR — arman xalq qoʻshiqchi, dostonchi va sozandalari. Gusanlar sanʼati Armanistonda qadimdan (dastlabki maʼlumotlar 5-a. yozma manbalarida bor) maʼlum. Oʻrta asrlarda arman xalq teatri ishtirokchilarini ham Gusanlar deb atashgan. Ular turli tadbir (tuy bazmi, sayil, maʼraka va b.)da qatnashib, ishq-muhabbat, xalq qahramonlari, oʻyin-kulgi bilan bogʻliq qoʻshiqlarni, alla, yigʻi kabilarni ijro etishgan, oʻzlari xam monodiya uslubida asarlar yaratishgan. 17-a. dan Gusanlar ijodi zaminida ashuglar sanʼati rivoj topdi. Gusanlarlar faoliyati oʻzbek dostonchilik va bastakorlik anʼanalariga yaqin.

Ensiklopediya.uz
GUSANLAR