SHIRVON XONLIGI haqida to’liq ma’lumot oling

SHIRVON XONLIGI haqida to’liq ma’lumot oling

SHIRVON XONLIGI (1748-1820) — Shim. Ozarbayjondagi oʻrta asr davlati. Eron shohi Nodirshoh asoratidan 1748 yil xalos boʻlingach, vujudga kelgan. Shirvon xonligi Shim. Ozarbayjondagi eng yirik va boy xonliklardan biri edi. Aholisining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik, ipakchilik, toʻqimachilik, savdo, hunarmandchilik boʻlgan. Guliston sulh shartnomasi (1813)ga koʻra, Eron Shirvon xonligiga boʻlgan daʼvosidan voz kechgan. 1820-yil xonlik boshqaruvi bekor qilinib, rus maʼmuriyati bilan almashtirilgan. Shirvon xonligi hududida Shirvon provinsiyasi tuzilgan, u 1840-yil Kaspiy viloyati (1846-yildan Shemaxa, 1859-yilda Boku gubernyasi) tarkibiga kirgan. Shirvon xonligi hududi Ozarbayjon Respublikasining bir qismi xdgsoblanadi.

Malumotlar
SHIRVON XONLIGI