GELIOGRAVYURA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GELIOGRAVYURA haqida malumot bilib oling.

GELIOGRAVYURA (gelio… va gravyura) — chuqur bosma usullaridan biri. Bosma qolip fotografik va kimyoviy usullar bilan tayyorlanadi. 19-a. 2-yarmida kashf etilgan. Bunda tasvir diapozitivi pigment qogʻozga tushiriladi, nusxasi mis plastinka (rastr)ga koʻchiriladi. Hosil qilingan nusxaga kimyoviy ishlov berib, chuqur bosma elementlari hosil qilinadi. Soʻnggi yillarda Geliogravyura oʻrniga, koʻpincha, rakel chuqur bosma usuli qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
GELIOGRAVYURA