GARMONIK ANALIZATOR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GARMONIK ANALIZATOR haqida malumot bilib oling.

GARMONIK ANALIZATOR (matematikada) — davriy funksiyalarni trigonometrik qatorlarga yoyish va integrallar bilan ifodalash koeffisentlarini hisoblaydigan asbob. Har qanday Garmonik analizator tarkibiga kiritish qurilmasi, koʻpaytirish qurilmasi va integrallash qurilmasi kiradi. Garmonik analizatorning asosiy koʻrsatkichlari: beriladigan funksiya turi (grafik, elektr signal, mexanik siljish va b.), garmonikaning eng katta nomeri, bir yoʻla hisoblanadigan koeffitsiyent soni. Mexanik, elektrik, optik va b. xillari bor. Mexanika, radiotexnika, elektrotexnika, akustika va b. sohalarga oid masalalarni yechishda ham qoʻllaniladi. Mexanik Garmonik analizator amalda keng ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
GARMONIK ANALIZATOR