ShEROZIY haqida to’liq ma’lumot oling

ShEROZIY haqida to’liq ma’lumot oling

ShEROZIY — koʻk tusli qorakoʻl teri turi. 1—3 kunlik qorakoʻl qoʻzilaridan olinadi. Uning gulini hosil qiluvchi koʻk, qora va oq rangli jun tolalarining aralash oʻsishi natijasida juda chiroyli tovlanadi. Tolalarning nisbati va uzunligiga qarab Sheroziy terining och Sheroziy (sutsimon va poʻlatrang), oʻrta Sheroziy (havorang, qumushrang, marvaridrang, qoʻrgʻoshinrang), toʻq Sheroziy (oqish rang, sadafrang) turlari bor. Sh. teri jingalaklari oʻlchami boʻyicha mayda gulli (5 mm gacha), oʻrta gulli (5—10 mm), katta gulli (10 mm va undan ortiq) terilarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda 10 dan ortiq ixtisoslashgan qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida koʻproq oʻrta gulli Sheroziy teri beradigan qoraqoʻl qoʻylari boqiladi.

Malumotlar
ShEROZIY