GAVAYI TILI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAVAYI TILI haqida malumot bilib oling.

GAVAYI TILIgavayiliklar tili. Gavayi o. larida tarqalgan polineziya tillaridan biri. Yevropaliklar hamda shim. amerikaliklar kelgunga qadar orol aholisi faqat shu tilda soʻzlashgan. Gavayi tili boy ogʻzaki adabiy ijodga ega boʻlgan, ammo 19-a. 1-yarmidan unutila boshlagan. Gavayi tili 19-a. 1-yarmidan lotin alifbosiga moslangan va bu yozuvda birinchi gaz. chiqadi (1834). Gavayi o. la-rining AQSH tomonidan anneksiya qilingani tufayli (1898) Gavayi tilida faqat orolning polinez aholisining avlodlari — gavayilik etnik guruhlar va ularning kupchiligini tashkil etgan metislar (175 ming kishi; 1992) kundalik turmushda soʻzlashadilar, xolos. Hoz. gavayiliklarning aksariyat qismi ingliz tilida soʻzlashadi.

Ensiklopediya.uz
GAVAYI TILI