GODDARD haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GODDARD haqida malumot bilib oling.

GODDARD (Goddard) Robert (1882.5.10, Vuster — 1945.10.8, Baltimor) — ameri kalik olim, raketa texnikasini yaratuvchilaridan biri. Vuster politexnika in-tini tugatgan (1908). Klarkov in-tida (1914—43), aviatsion tadqiqot byurosida direktor boʻlib (1942—45) ishlagan. Dunyoda birinchi boʻlib suyuqlikli raketa dvigatelini uchirgan. Goddard bir qator eksperimental suyuqlikli raketa va dvigatellarni ishlab chiqqan hamda sinagan. Oyning teskari tomonidagi kraterlardan biri Goddard nomi bilan ataladi.

Ensiklopediya.uz
GODDARD