GIMNAZIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIMNAZIYA haqida malumot bilib oling.

GIMNAZIYA (gimnasiytn ) — Oʻzbekiston va ayrim xorijiy mamlakatlarda umumiy oʻrta taʼlim oʻquv yurti. Gimnaziyalar muayyan fan boʻyicha ixtisoslashtirilgan boʻlib, shu fandan chuqurlashtirilgan taʼlim beradi. Dastlab Fransiyaning Strasburg sh. dagi oʻrta maktab (1538) Gimnaziya deb atalgan.

Oʻrta Osiyoda Gimnaziyalar 19-a. ning soʻnggi choragida paydo boʻldi. 1876-y. Toshkentda oʻgʻil va qiz bolalar uchun rus progimnaziyalari (toʻliqsiz Gimnaziyalar) ochilib, 1881-y. da Gimnaziyaga aylantirildi. Ularda mahalliy aholi badavlat tabaqalari bolalarining baʼzilari ham oʻqigan. Dastlabki yillarda mahalliy aholi bolalari rus tili bilan yaxshiroq shugʻullanishi uchun lotin tilini oʻrganishdan ozod qilingan. 1894-y. lotin tili oʻqitilmaydigan real Gimnaziya ochildi. 1900-y. dan keyin Samarkand, Yangi Margʻilon (hoz. Fargʻona), Chorjoʻy va b. shaharlarda ham qizlar va oʻgʻil bolalar Gimnaziya lari tashkil qilindi. Bularda ham darslar faqat rus tilida olib borilgan. 1917-y. Toshkentda 4 G. boʻlgan. Gimnaziyalar 1918-y. tugatilib, oʻrniga yagona mehnat maktablari tashkil qilindi. Oʻzbekistan mustaqillikka erishgach, Gimnaziyalar qayta tashkil etildi. OʻzRning 1997-y. avg. da qabul qilingan «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq

Ensiklopediya.uz
GIMNAZIYA