VUJUDI MUMKIN VA VUJUDI VOJIB haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VUJUDI MUMKIN VA VUJUDI VOJIB haqida malumot bilib oling.

VUJUDI MUMKIN VA VUJUDI VOJIBoʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasidagi tushunchalar. Bunga koʻra mavjudot 2 ga — vujudi mumkin (imkoniy mavjud narsalar) va vujudi vojib (zaruriy mavjud narsalar)ga boʻlinadi. Vujudi mumkin — sababsiz vujudga kelmaydigan narsalardir. Vujudi vojib — oʻz-oʻzidan mavjud, uning mavjudligi boshqa narsadan emas, oʻz tabiatidan, mohiyatidan kelib chiqadi. Vujudi mumkin vujudi vojib sababli mavjuddir.

Forobiy barcha mavjudotni 6 darajaga boʻladi: birinchisi, vujudi vojib — Alloh; qolgan 5 tasi — aql, jon, shakl, materiya, osmon — vujudi mumkin. Bu darajalar bir-biri bilan sabab-natija shaklida bogʻlangan, birinchisi oʻz sababiga ega emas. Ibn Sino ham bu tushunchalarni shu tarzda taʼriflagan.

Ensiklopediya.uz
VUJUDI MUMKIN VA VUJUDI VOJIB