GEODEZIK TARMOQ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GEODEZIK TARMOQ haqida malumot bilib oling.

GEODEZIK TARMOQ — yer yuzasida triangulyatsiya, trishteratsiya va poligonometriya asosida barpo etiladigan tarmoq. Aniqligi boʻyicha 4 darajaga boʻlinadi; tarmoqlari 20—25 m dan bir necha yuz metrgacha boʻlishi mumkin. Asosan uchburchak shaklida barpo etiladi. Tarmoqning nuqtalari joyda markazlar bilan belgilanadi. Markazlar esa beton, temir-beton, metalldan yasalishi mumkin. Ular 2—2,5 m chuqurlikdan boshlab quriladi. Markazning ustida yogʻoch yoki metalldan piramidalar oʻrna-tiladi. Geodezik tarmoq burchaklari esa aniqteodolitlar bilan oʻlchanadi. Oʻlchash aniqligi (0,7) dan 2» gacha, baʼzi hollarda aniqlik bundan ham yuqoriroq boʻlishi mumkin. Geodezik tarmoq nuqtalarining koordinatalari geodezik va astronomik oʻlchashlardan, balandliklari esa boshlangʻich deb olingan dengiz sathiga nisbatan nivelirlanib topiladi.

Geodezik tarmoq Yer sunʼiy yoʻldoshi texnologiyasi asosida barpo etilmoqda.

Ensiklopediya.uz
GEODEZIK TARMOQ