VOZIH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VOZIH haqida malumot bilib oling.

VOZIH (taxallusi; asl ismi Mirzo Shafiy Sodiq oʻgʻli) (1796, Ganja — 1852.28.11, Tiflis) — ozarbayjon shoiri, maʼrifatparvari. Fazal, masnaviy, ruboiy janrlarida ijod qilgan. Hajviy sheʼrlar yozgan. Ularda jamiyat nuqsonlarini fosh qilgan, shaxs erkinligi uchun kurashga chaqirgan. Ommani maʼrifatga daʼvat etgan. Koʻpgina lirik sheʼrlari xalq qoʻshiqlariga aylanib ketgan. Vozihning «Zulayho va Hafiza», «Tiflis bilan vidolashuv» kabi qoʻshiqlari hayotga muhabbat bilan sugʻorilgan. «Mirzo Shafiy qoʻshiqlari» (1881) kitobi koʻp tillarda nashr qilingan. Vozih darsliklar yaratgan, ozarbayjon tili va adabiyotidan lugʻatlar va xrestomatiyalar tuzishda qatnashgan.

Ensiklopediya.uz
VOZIH