GEMMULALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GEMMULALAR haqida malumot bilib oling.

GEMMULALAR (lot. Gemmula — mayda kurtakcha) — 1) koʻpchilik chuchuk suv govaktanlilari (bodyaga) va ayrim dengiz gʻovaktanlilarining qishki tinim holatidagi ichki kurtaklari. Gʻovaktanlilar mezogleyi oziq moddalarga boy, diametri 0,3 mm keladigan amyobasimon hujayralarning sharsimon tuplamidan iborat. Gemmulalar kremnezem (qumtuproq)dan iborat spikulalar, yaʼni amfidisklar bilan mustahkamlangan ikki qavat muguz (spongin) qobiq bilan oʻralgan. Ikkala qavat oʻrtasida havo saqlovchi boʻshliq, qobiq sirtida esa yupqa parda b-n yopilgan chiqarish teshikchasi boʻladi. Bahorda Gemmulalar poʻsti yorilib, uning ichidagi hujayralar tashqi muhitga chiqadi va suv tubiga yopishib, yangi gʻovaktanlilarni hosil qiladi. Suv oqimi va suv hayvonlari orqali tarqaladi;

2) Ch. Darvinning pangenezis nazariyasi boʻyicha irsiyatning gipotetik birligi (eng kichik zarrachasi).

Ensiklopediya.uz
GEMMULALAR