VIRAJ haqida malumot bilib oling.
VIRAJ (frans. virer — burilmoq, tusini oʻzgartirmoq) — 1) burilish;
2) uchuvchilikda (pilotajda) gorizontal tekislikda berk egri chiziq (aylana) hosil qilib uchish; samolyotni bir xilda yonga ogʻdirib, oʻzgarmas ilgarilama tezlikda 360» burib uchiriladi. Viraj uchuvchidan katta mahorat talab qiladi;
3) avtomobil yoʻli burilishi joyi, velosiped treki, avtodrom qayrilmalarida bir tomonlama koʻndalang nishabi boʻlgan qismi;
4) anhor, kanal, nov va b. ning ravon buriladigan joyi tubidagi koʻndalang nishablik;
5) fotografiyada — fototasvirga rang berishda ishlatiladigan eritma.
Ensiklopediya.uz
VIRAJ