VIKASOL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VIKASOL haqida malumot bilib oling.

VIKASOL (Vikasolum), K, vitamini — qondagi protrombinni koʻpaytirib, krnning ivish xossasini oshiradigan — qon toʻxtatadigan sintetik preparat. Ukraina olimi Palladii tomonidan sintez qilingan (1941—44). Qon ketganda, shuningdek bemorlarni operatsiyaga tayyorlashda ishlatiladi; 3—4 kun ichiriladi yoki muskul orasiga yuboriladi. Qonning ivish xossasi oshib ketganda Vikasol berib boʻlmaydi. Koʻproq akusherlik amaliyotida qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
VIKASOL