GAPLOFAZA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAPLOFAZA haqida malumot bilib oling.

GAPLOFAZA (yun. haploos —. oddiy, bittadan va phasis — namoyon boʻlish) — organizmning rivojlanish siklila hujayra yadrosidagi xromosomalar toʻplami gaploid (bittadan) boʻlgan davr. G. turli organizmlarda rivojlanish siklining har xil davriga toʻgʻri keladi. Koʻpchilik hayvonlarda Gaplofaza jinsiy hujayralardan iborat; yashil suv oʻtlarida zigotadan boshqa barcha davr Gaplofaza holatida boʻladi. Gulli oʻsimliklarda Gaplofaza yetilgan chang zarrachalari va chang naychasi (erkaklik Gaplofaza) hamda murtak xaltasidan (urgʻochilik Gaplofaza) iborat.

Ensiklopediya.uz
GAPLOFAZA