GILKORLIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GILKORLIK haqida malumot bilib oling.

GILKORLIK — hunarmandlik turi; maxsus qorishmalar tayyorlash va uning yordamida tosh (marmar, xarsang va b.), gʻisht terish, oʻyma, boʻyama naqsh ishlash sanʼati; shu soha bilan shugʻullanadigan usta gilkor deb ataladi. Gilkor ustalar qurilish ishi, qorishma tayyorlash, suvash, naqsh ishlash boʻyicha ixtisoslashadi. Qorishma (tarkibi unutilgan) devor yuzasiga surtilib, soʻng shu yuzaga naqsh oʻyib ishlanadi va boʻyaladi. Bu meʼmoriy bezak ganch oʻymakorligi va naqqoshligiga yaqin (q. Ganchkorlik, Naqqoshlik). Eng rivojlangan davri 10 — 12-a. larga toʻgʻri keladi. Afrosiyob (10-a.), Termiz shohlarining saroy xarobalari (11 — 12-a. lar), Oʻzgandagi Shim. maqbara (12a.), temuriylar davrida yaratilgan meʼmoriy yodgorliklar va b. da ganchkori yassi boʻrtma tasvirlar, naqshlar mahorat bilan ishlangan, ganchni oʻyib ajoyib naqshli panjaralar yasalgan. G. Oʻrta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va b. Sharq mamlakatlarida rivojlangan, xilmaxil uslub va anʼanalari vujudga kelgan.

Gilkor ustalar eng yaxshi anʼanalarni oʻzlashtirgan holda ularni zamon talablariga moslab ijodiy rivojlantirmoqda.

Ensiklopediya.uz
GILKORLIK