
GIDRAZIN haqida malumot bilib oling.
GIDRAZIN (diamid) , H2N-NH2 — ammiak (NH3) hosilasi; rangsiz, havodagi suv bugʻini yutuvchi qoʻlansa hidli quyuq suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi 2°, qaynash t-rasi 113,5°, zichligi 1,008 k/sm3 (20° da). Suvdagi eritmasi asosli xossaga ega. Gidrazin havodagi karbonat angidridni yutadi. Kislotalar bilan birikib, tuzlar hosil qiladi. Gidrazin ammiak yoki mochevinani gipoxlorit bilan oksidlab olinadi. Plastmassa, rezina, insektitsid, portlovchi moddalar i. ch. da hamda qaytaruvchi modda sifatida ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
GIDRAZIN