GANDAMAK SHARTNOMASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GANDAMAK SHARTNOMASI haqida malumot bilib oling.

GANDAMAK SHARTNOMASI — 1879-y. 26-mayda Kobul yaqinidagi Gandamak qishlogʻida Angliya bilan Afgʻoniston oʻrtasida tuzilgan tinchlik shartnomasi. Gandamak shartnomasini Afgʻoniston amiri Yoqubxon b-n Buyuk Britaniya hukumatining vakili Lui Kavanyari imzolagan. Gandamak shartnomasiga muvofiq, Afgʻoniston tashqi siyosat masalasida mustaqil harakat qilishdan mahrum boʻldi; hukumatning ichki siyosatini Britaniyaning Afgʻonistondagi elchisi belgilaydigan boʻlib qoldi. Bundan tashqari Qandahor shahri, Qurram, Sibi, Pishin viloyatlari ingliz hukmronligi ostiga oʻtdi. Xaybar va Michin dovonlarida inglizlar nazorati oʻrnatildi.

Ensiklopediya.uz
GANDAMAK SHARTNOMASI