GAITI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAITI haqida malumot bilib oling.

GAITI, Aiti — Vest-Indiyayaati Katta Antil o. lari guruhidagi orol. Shim. da Atlantika okeani, jan. da Karib dengizi bilan chegaradosh. Kuba o. dan Shamolli boʻgʻoz, Puerto-Riko o. dan Mona boʻgʻozi orqali ajralib turadi. Maydoni yon atrofdagi mayda orollar bilan birga 77,2 ming km2. Aholisi 14,5 mln. dan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari), asosan negr va mulatlar. G. vulkanik va mezokaynozoyning choʻkindi jinslaridan tashkil topgan. Relyef shakllarida togʻ tizmalari tektonik botiklar bilan almashinib turadi. Iklimi tropik passat iklim. Tekisliklarda oʻrtacha oylik t-ra 23—29°, yon bagʻirlarda yillik yogʻin 2000 mm, ichki vodiylarda esa 1300 mm, kuzda tez-tez dovullar boʻlib turadi. Orolni gʻarbdan sharqqa toʻrtta togʻ tizmasi kesib oʻtgan. Markaziy Kordilyera togʻ-laridagi Duarte choʻqqisi (3175 m) Vest-Indiyaning eng baland nuqtasidir. Aholi asosan tekisliklarda yashaydi. Qazilmalardan boksit, oltin bor. G. da zilzila boʻlib turadi. Shim.-sharqi va jan. da doim yashil tropik oʻrmonlar, togʻ orasidagi tekisliklarda savanna va kserofit oʻsimlikli siyrak oʻrmonlar bor. Orolni 1492-y. da X. Kolumb kashf etgan va uni Espanyola deb atagan. Gaitida Gaiti va Dominikana Respublikasi joylashgan.

Ensiklopediya.uz
GAITI