QUSHQOʻNMAS haqida to’liq ma’lumot oling

QUSHQOʻNMAS haqida to’liq ma’lumot oling

QUSHQOʻNMAS, kafsha — murakkabguldoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda bir yillik oq Qushqoʻnmas, bir yoki ikki yillik shishkin Q. i yoki tuyaquyruq, ikki yoki koʻp yillik boʻyalgan Qushqoʻnmas kabi turlari uchraydi. Poyasi tik oʻsadi, yuqori qismi sershox, serbarg. Barglari seret, uzunchoq nashtarsimon, chetlari tikanli. Gullari mayda, naysimon, och sariq, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi urugʻcha. Oʻqildizi tuproqqa juda chuqur kiradi. Iyun—iyulda gullaydi, avg. —sent. da mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Urugʻlari 16—25° da koʻka-radi. Lalmi va sugʻoriladigan don ekinlari orasida oʻsadi. Shuningdek, tashlandiq yerlar, yoʻl yoqalari, bogʻ, tokzor, ariq boʻylarida uchraydi. Zarar-kunanda hasharotlar va oʻsimlik bitlariga makon.

Kurash choralari: angʻizni yum-shatish, shudgor qilish; don ekinlariga gerbitsidlar purkash.

Malumotlar
QUSHQOʻNMAS