Sila ibn Ashyam

Sila ibn Ashyam
sila ibn ashyam 65cb378c0c6b2

00006 1764

Sila ibn Ashyam

Mundarija скрыть
Sila ibn Ashyam
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

To‘liq ismi Sila ibn Ashyam Adaviy, kunyasi Abu Sahbo. Sahobalar  bilan suhbatlashishga, ulardan o‘rganish sharafiga muyassar bo‘lgan. Sila Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) amakilarining o‘g‘li Ibn Abbosdan ilm oldi. Bu haqda Tovus (rahimahulloh): «Abu Sahbo Ibn Abbosga ko‘p savol berardi. Shuningdek, Abdulloh ibn Mas’uddan ham ilm o‘rgangan», deb rivoyat qilgan.
*   *   *
Abu Sahbo tun cho‘kib, odamlar uyquga ketgach, nafl namoz o‘qirdi. Tunning uchinchi bo‘lagi kirganda  Qur’on tilovatiga kirishar, ovozi shirali edi. Butun qalbini xotirjamlik chul­g‘ab olar, butun vujudi ila Allohdan qo‘rquvni, ruhiy lazzatni tuyardi. Sila ibn Ashyam bu odatini, ya’ni kechalari qoyim bo‘lib ibodat qilishni  umrining oxirigacha tark etmadi.
Bu haqida Ja’far ibn Zayd bunday hikoya qiladi: «Kobul shahriga qarab yo‘lga chiqdik. Oramizda Sila ibn Ashyam ham bor edi. Kechalarning birida yo‘lda to‘xtadik, ba’zilar ovqatlandi va ozgina mizg‘ib olish uchun uyquga ketdi. Shunda men kuzatib, u haqda aytilgan so‘zlarning tasdig‘ini ko‘rdim. Hali hech kim uyg‘onmasidan burun, u o‘rmon ichiga kirib ketdi. Men izidan bordim. U qiblaga yuzlanib, namoz o‘qishga kirishdi. Uzoqdan kuzata boshladim. Yuzlari yorishgan, o‘zi tetik va xotirjam edi. Shu payt o‘rmonning sharqiy tomonidan bir sher kela boshladi. Qo‘rqinchdan yuragim qinidan chiqib ketayozdi. Amal-taqal qilib bir daraxt tepasiga chiqib oldim.
Sher Sila ibn Ashyamga yaqinlashib, bir necha qadam narida to‘xtadi. Sila esa unga qaramadi ham, undan qo‘rqmadi ham. Sajdaga borganida endi uni sher g‘ajib tashlasa kerak degan o‘y o‘tdi xayolimdan. Sila sajdadan turib, qa’daga o‘tirdi. Sher uni kuzatayotgandek ro‘parada indamay turardi. Sila namozini tugatgach, sherga qarab,  pichirlab bir nimalar dedi. Shundan so‘ng sher ortiga qaytib ketdi…
*   *   *
Kunlarning birida Ibn Ashyamning oldiga basralik bir kishi kelib: «Ey Abu Sahbo, Alloh senga bildirgan narsalardan menga ham o‘rgat», dedi. Sila tabassum ila: «Ey birodar, sen menga unutib bo‘lmaydigan kunlarimni eslatding. Ancha yillar oldin Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) sahobalari yoniga bordim va ularga: «Alloh sizlarga bildirgan narsalardan menga ham o‘rgatinglar», dedim. Ular menga: «Qur’onni nafsing himoyachisi, qalbing rohati qilgin. Undan olgan nasihatlaring bilan musulmonlarga o‘git ber. Kuching yetganicha duoni ko‘paytir, Alloh azza va jalladan najot so‘ra», deb yo‘l ko‘rsatishdi». Bu gapni eshitgan haligi kishi Silaga: «Meni duo qiling, yaxshilikka erishay», dedi. Abu Sahbo: «Alloh taolo oxiratga bo‘lgan rag‘batingni oshirib, o‘tkinchi dunyodan uzoqlashtirsin. Senga qalb xotirjamligini berib, unga suyanadigan qilsin», deya duo qildi.
Fayzo tayyorladi
Islom nurigazetasining 2012 yil, 18-sonidan olindi.

Sila ibn Ashyam