GULCHЕXRA JAMILOVA haqida

GULCHЕXRA JAMILOVA haqida
gulchd0b5xra jamilova haqida 65cb35ca21eb0

tpmTEdQ

GULCHЕXRA JAMILOVA haqida

Mundarija скрыть
GULCHЕXRA JAMILOVA haqida
DO`STLARGA ULASHING:
O‘ZBЕKISTON XALQ ARTISTI Teatr aktrisasi Gulchehra Jamilova 1946 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1964 yilda O‘zbek Davlat xo¬reografiya bilim yurtining xalq raqsi bo‘limini, 1968 yilda A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti (hozirgi M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san’at instituti)ning «Drama va kino aktyori» fakultetini tugatgan. G.Jamilova O‘zbek Davlat xoreografiya bilim yurtida tahsil olayotgan davridayoq o‘qishdan ajramagan holda «Bahor» Davlat xalq raqs ansamblida balet artistkasi sifatida mehnat faoliyatini boshlaydi. So‘ngra u teatrga ishga o‘tib, 1966— 1987 yillarda Hamza nomidagi O‘zbek Davlat akademik drama teatri (hozirgi O‘zbek Milliy teatri)da, 1987—1991 yil¬larda Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida ishlaydi, 1991 yildan boshlab aktrisa yana O‘zbek Milliy akademik drama teatrida samarali mehnat qilmoqda. 1966 yilda Hamza teatrida sahnalashtarilgan Shekspirning «Veronalik ikki yigit» spektaklidagi Silviya G.Ja¬milova Neatrda yaratgan ilk obraz bo‘ldi. So‘ngra u teatr repertuaridan mustahkam o‘rin olgan asosiy spektakllarda yetakchi rollarni ijro etib, umidli aktrisa sifatida tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Hamza nomidagi otaxon teatrda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. O‘ttiz yildan ziyod davr mobaynida teatrda izchil va samarali mehnat qilib, ellikdan ortiq yorqin va hayotiy obrazlar yaratdi. Bular Aqiqa (S.Azimov, «Qonli sarob», 1968), Feruza (M.Shayxzoda, «Mirzo Ulug‘bek»,1969), Zuhra (E.Vohidov, «Oltin devor», 1970), Natasha (A.Sofronov, «Mashaqqatli yo‘l», 1971), Ozoda (I.Sulton, «Imon», 1971), Gulchehra («Ko‘rmayin bosdim tikonni», 1975), Gulsanam (Uyg‘un, «Abu Rayhon Beruniy», 1973), Sohibjamol («Abu Ali Ibn Sino», 1980), Zebunniso («Zebunniso», 1983), Zarifa (O‘.Umarbekov, «Qiyomat qarz», 1976), Yemena (Sofokl, «Antigona», 1976), Kamola (R.Tagor, «Gang daryosining qizi», 1978), Afrodita (M.Karim, «Olovni tashlama, Prometey», 1977), Kanizak (T.To‘la, «Nodirabegim»,1980), Jamila (Hamza, «Boy ila xizmatchi», 1982), Dezdemona (Shekspir, «Otel¬lo», 1984), Nuri (Oybek, «Qutlug‘ qon», 1987), Bibixonim (A.Oripov, «Sohibqiron», 1997), AHidoyatov nomidagi drama teatri sahnasida yaratilgan Uyg‘unning «Parvona» asaridagi Nazokat (1987), S.Ahmadning «Farmonbibi arazladi» pesasidagi Muhayyo (1989) kabi obrazlardir. G.Jamilovadagi toza lutf, xushbichim qaddi-qomat, go‘zal chehra, mayin va yoqimli tabassum, yorqin nutq, katta iste’dod va yana izchil mehnat u yaratgan obrazlarning hayotiy hamda jozibali chiqishida bosh omil bo‘ldi. Aktrisa yaratgan Ja¬mila, Zebunniso, Bibixonim, Nodirabegim, Aqiqa, Ozoda, Kamola, Gulasal kabi obrazlar o‘zining yuqori saviyasi bi¬lan Hamza teatrida yaratilgan yetuk obrazlar qatoridan o‘rin oldi. 1968 yilda «O‘zbekfilm» kinostudiyasida A.Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani asosida suratga olingan (rejissyor Y.A’zamov) «O‘tgan kunlar» badiiy filmidagi Kumush ob¬razi G.Jamilovani respublikamiz va qo‘shni davlatlar madaniy jamoatchiligiga mashhur qildi. Agar 1945 yilda re¬jissyor Nabi G‘aniyev suratga olgan «Tohir va Zuhra» badiiy filmida Yulduz Rizayeva Zuhra obrazini yaratib, ulkan muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa, «O‘tgan kunlar» badiiy fil¬midagi Kumush obrazi ham G.Jamilovaga nihoyatda katta shuhrat keltirdi. Go‘yo Kumush obrazi faqat G.Jamilovaga atab yozilgandek. Chunki aktrisa Kumush xarakteridagi ibratomuz aql-zakovat, chin muhabbatga sadoqat, ibo, hayo va nafislikni nihoyatda ishonchli tarzda ifoda eta olgan. Bunda Gulchehra Jamilovaning faqat ma’naviy dunyosigina emas, balki go‘zal tashqi qiyofasi ham juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. «O‘zbekfilm» kinostudiyasida suratga olingan «Qalbingda quyosh» filmidagi Gulchehra (1965), «Hyp va soyalar»dagi Giri (1970), «»Shiddat»dagi Manzura (1971), «Yilning to‘rt fasli»dagi Nozima (1975), «O‘zgalarni deb» filmidagi Maqsuda (1976), hind san’atkorlari bilan hamkorlikda yaratilgan ikki qismli «Sevgi afsonasi» dagi Malkani (1983), «Bo‘rilar»dagi Ona (1986), 1998 yilda kinorejissyor M.Abzalov suratga olgan yangi talqindagi «O‘tgan kunlar» fil¬midagi Oftoboyim (1984), «To‘lqinlar» telefilmidagi Zulayxo (1966), «Shashmaqom»dagi Nasrulloning xotini (1972) kabi obrazlar G.Jamilovaning kino san’atidagi ko‘p yillik ijodiy mehnati mahsulidir. Shuningdek, Gulchehra Jamilovaning videofilmlarda, telespektakllarda o‘ynagan rollari ham hozirga qadar o‘zining betakrorligi bilan tomoshabinlar, muxlislarni maftun etib kelmoqda. Aktrisaning «Girdob» videofilmidagi Saltanat, «Ulug‘bek xazinasi»dagi Xurshida, «Alisher Navoiy»dagi Hadichabegim, «Hamma bilan yuzma-yuz» dagi Sayyora, «So‘nggi o‘q»dagi Hadicha, «Imon»dagi Aziza, «Qalqon» studiyasida suratga olingan «Shaytanat» dagi Manzura, «Yoz yomg‘iri» telespektaklidagi Munis (1969), «Ona» dagi Kelin (1969), «Vafodor» dagi Muhabbat (1975), «Anna Mariya» dagi Anna Mariya (1972), «Yurak sirlari» dagi Sanobar, «Yagona guvoh» dagi Viktoriya Ivanovna (1965), «Kamalak» dagi Barno (1983) kabi qahramonlari avvalo turli yosh, kasb, muhit va tabiatga eta insonlardir. Ayni paytda aktrisa tomoshabinga taqdim etgan obrazlarni o‘zbekona dilbarlik, mayinlik, oqilalik, mehr-muhabbat to‘lib-toshib turadigan qalb go‘zalligi kabi yuksak fazilatlar birlashtirib turadi. G.Jamilova jamoat ishlarida ham faol. U O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy assotsiatsiyasi prezidiumi a’zosi (1990—1992), XII Xalqaro Toshkent kinofestivali jyurisi a’zosi (1997) sifatida sa¬marali ishladi. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan san’atkorlar bilan suhbatlar, ko‘rsatuvlarda yaqindan qatnashmoqda. Iste’dodli o‘zbek teatr va kino aktrisasi Gulchehra Jamilovaning ko‘p qirrali ijodiy mehnati munosib taqdirlandi. 1992 yilda u «O‘zbekiston xalq artisti» unvoniga sazovor bo‘ldi.

DO`STLARGA ULASHING:

O‘ZBЕKISTON XALQ ARTISTI
Teatr aktrisasi Gulchehra Jamilova 1946 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1964 yilda O‘zbek Davlat xo¬reografiya bilim yurtining xalq raqsi bo‘limini, 1968 yilda A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti (hozirgi M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san’at instituti)ning «Drama va kino aktyori» fakultetini tugatgan. G.Jamilova O‘zbek Davlat xoreografiya bilim yurtida tahsil olayotgan davridayoq o‘qishdan ajramagan holda «Bahor» Davlat xalq raqs ansamblida balet artistkasi sifatida mehnat faoliyatini boshlaydi. So‘ngra u teatrga ishga o‘tib, 1966— 1987 yillarda Hamza nomidagi O‘zbek Davlat akademik drama teatri (hozirgi O‘zbek Milliy teatri)da, 1987—1991 yil¬larda Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida ishlaydi, 1991 yildan boshlab aktrisa yana O‘zbek Milliy akademik drama teatrida samarali mehnat qilmoqda. 1966 yilda Hamza teatrida sahnalashtarilgan Shekspirning «Veronalik ikki yigit» spektaklidagi Silviya G.Ja¬milova Neatrda yaratgan ilk obraz bo‘ldi. So‘ngra u teatr repertuaridan mustahkam o‘rin olgan asosiy spektakllarda yetakchi rollarni ijro etib, umidli aktrisa sifatida tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Hamza nomidagi otaxon teatrda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. O‘ttiz yildan ziyod davr mobaynida teatrda izchil va samarali mehnat qilib, ellikdan ortiq yorqin va hayotiy obrazlar yaratdi. Bular Aqiqa (S.Azimov, «Qonli sarob», 1968), Feruza (M.Shayxzoda, «Mirzo Ulug‘bek»,1969), Zuhra (E.Vohidov, «Oltin devor», 1970), Natasha (A.Sofronov, «Mashaqqatli yo‘l», 1971), Ozoda (I.Sulton, «Imon», 1971), Gulchehra («Ko‘rmayin bosdim tikonni», 1975), Gulsanam (Uyg‘un, «Abu Rayhon Beruniy», 1973), Sohibjamol («Abu Ali Ibn Sino», 1980), Zebunniso («Zebunniso», 1983), Zarifa (O‘.Umarbekov, «Qiyomat qarz», 1976), Yemena (Sofokl, «Antigona», 1976), Kamola (R.Tagor, «Gang daryosining qizi», 1978), Afrodita (M.Karim, «Olovni tashlama, Prometey», 1977), Kanizak (T.To‘la, «Nodirabegim»,1980), Jamila (Hamza, «Boy ila xizmatchi», 1982), Dezdemona (Shekspir, «Otel¬lo», 1984), Nuri (Oybek, «Qutlug‘ qon», 1987), Bibixonim (A.Oripov, «Sohibqiron», 1997), AHidoyatov nomidagi drama teatri sahnasida yaratilgan Uyg‘unning «Parvona» asaridagi Nazokat (1987), S.Ahmadning «Farmonbibi arazladi» pesasidagi Muhayyo (1989) kabi obrazlardir. G.Jamilovadagi toza lutf, xushbichim qaddi-qomat, go‘zal chehra, mayin va yoqimli tabassum, yorqin nutq, katta iste’dod va yana izchil mehnat u yaratgan obrazlarning hayotiy hamda jozibali chiqishida bosh omil bo‘ldi. Aktrisa yaratgan Ja¬mila, Zebunniso, Bibixonim, Nodirabegim, Aqiqa, Ozoda, Kamola, Gulasal kabi obrazlar o‘zining yuqori saviyasi bi¬lan Hamza teatrida yaratilgan yetuk obrazlar qatoridan o‘rin oldi. 1968 yilda «O‘zbekfilm» kinostudiyasida A.Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani asosida suratga olingan (rejissyor Y.A’zamov) «O‘tgan kunlar» badiiy filmidagi Kumush ob¬razi G.Jamilovani respublikamiz va qo‘shni davlatlar madaniy jamoatchiligiga mashhur qildi. Agar 1945 yilda re¬jissyor Nabi G‘aniyev suratga olgan «Tohir va Zuhra» badiiy filmida Yulduz Rizayeva Zuhra obrazini yaratib, ulkan muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa, «O‘tgan kunlar» badiiy fil¬midagi Kumush obrazi ham G.Jamilovaga nihoyatda katta shuhrat keltirdi. Go‘yo Kumush obrazi faqat G.Jamilovaga atab yozilgandek. Chunki aktrisa Kumush xarakteridagi ibratomuz aql-zakovat, chin muhabbatga sadoqat, ibo, hayo va nafislikni nihoyatda ishonchli tarzda ifoda eta olgan. Bunda Gulchehra Jamilovaning faqat ma’naviy dunyosigina emas, balki go‘zal tashqi qiyofasi ham juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. «O‘zbekfilm» kinostudiyasida suratga olingan «Qalbingda quyosh» filmidagi Gulchehra (1965), «Hyp va soyalar»dagi Giri (1970), «»Shiddat»dagi Manzura (1971), «Yilning to‘rt fasli»dagi Nozima (1975), «O‘zgalarni deb» filmidagi Maqsuda (1976), hind san’atkorlari bilan hamkorlikda yaratilgan ikki qismli «Sevgi afsonasi» dagi Malkani (1983), «Bo‘rilar»dagi Ona (1986), 1998 yilda kinorejissyor M.Abzalov suratga olgan yangi talqindagi «O‘tgan kunlar» fil¬midagi Oftoboyim (1984), «To‘lqinlar» telefilmidagi Zulayxo (1966), «Shashmaqom»dagi Nasrulloning xotini (1972) kabi obrazlar G.Jamilovaning kino san’atidagi ko‘p yillik ijodiy mehnati mahsulidir. Shuningdek, Gulchehra Jamilovaning videofilmlarda, telespektakllarda o‘ynagan rollari ham hozirga qadar o‘zining betakrorligi bilan tomoshabinlar, muxlislarni maftun etib kelmoqda. Aktrisaning «Girdob» videofilmidagi Saltanat, «Ulug‘bek xazinasi»dagi Xurshida, «Alisher Navoiy»dagi Hadichabegim, «Hamma bilan yuzma-yuz» dagi Sayyora, «So‘nggi o‘q»dagi Hadicha, «Imon»dagi Aziza, «Qalqon» studiyasida suratga olingan «Shaytanat» dagi Manzura, «Yoz yomg‘iri» telespektaklidagi Munis (1969), «Ona» dagi Kelin (1969), «Vafodor» dagi Muhabbat (1975), «Anna Mariya» dagi Anna Mariya (1972), «Yurak sirlari» dagi Sanobar, «Yagona guvoh» dagi Viktoriya Ivanovna (1965), «Kamalak» dagi Barno (1983) kabi qahramonlari avvalo turli yosh, kasb, muhit va tabiatga eta insonlardir. Ayni paytda aktrisa tomoshabinga taqdim etgan obrazlarni o‘zbekona dilbarlik, mayinlik, oqilalik, mehr-muhabbat to‘lib-toshib turadigan qalb go‘zalligi kabi yuksak fazilatlar birlashtirib turadi. G.Jamilova jamoat ishlarida ham faol. U O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy assotsiatsiyasi prezidiumi a’zosi (1990—1992), XII Xalqaro Toshkent kinofestivali jyurisi a’zosi (1997) sifatida sa¬marali ishladi. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan san’atkorlar bilan suhbatlar, ko‘rsatuvlarda yaqindan qatnashmoqda. Iste’dodli o‘zbek teatr va kino aktrisasi Gulchehra Jamilovaning ko‘p qirrali ijodiy mehnati munosib taqdirlandi. 1992 yilda u «O‘zbekiston xalq artisti» unvoniga sazovor bo‘ldi.

GULCHЕXRA JAMILOVA haqida