Dunyoning yetti moʻjizasi

Dunyoning yetti moʻjizasi
dunyoning yetti mocabbjizasi 65cb353a4c6e4

dym 640x400 1

Dunyoning yetti moʻjizasi

DO`STLARGA ULASHING:

Bir maktabda “Dunyoning yetti moʻjizasi” mavzusida dars tashkil etildi.

Oʻquvchilarga nimani moʻjiza deb hisoblashsa, eng muhim yettitasini yozish vazifasi topshirildi.

Hamma daftarlarini topshirdi, faqat bir qizcha hali ham yozishni tugatmagan edi. Oʻqituvchi: “Senga koʻmaklashvoraymi, qizim?” deb soʻradi undan. Qizcha: “Dunyoda moʻjizalar shunaqangi koʻpligidan qaysi birini tanlashni bilmay koʻp oʻylandim”, deb javob berdi. Shunda ustozi: “Qani, tanlaganlaringni oʻqib ber-chi”, dedi unga. Qizcha birmuncha vaqt ikkilanib turdi-da, soʻng oʻqishga kirishdi:

 

“Men uchun dunyoning yetti moʻjizasi:

1. Koʻrish.

2. Eshitish.

3. Harakatlanish.

4. Anglash.

5. His qilish.

6. Kulish.

7. Yaxshi koʻrish”.

Butun sinfga sukunat choʻkdi.

 

Orif Tolib tayyorladi.

oriftolib.uz


“Irfon” taqvimi (2014 yil 1-chorak)da chop etilgan.

Dunyoning yetti moʻjizasi