Smartfon uchun antivirus kerakmi?
Smartfon uchun antivirus kerakmi?
DO`STLARGA ULASHING:
?? Smartfon uchun antivirus kerakmi? ?
Deyarli har hafta — kompyuter xavfsizligiga ixtisoslashgan qandaydir kompaniya Android uchun zararkunanda dasturlar haqida qo‘rqinchli statistikani keltirib o‘tganiga noxosdan guvoh bo‘lib qolamiz. Sir emaski, bularning bari ular ishlab chiqqan antivirus ta’minotining foydalanuvchilar tomonidan xarid qilinishiga qaratilgan, buning uchun juda ko‘plab reklamalar berib boriladi. Keling, ushbu muammoga chuqurroq yondashib ko‘ramiz. Ma’lumki, Android’ning asosida barcha jarayonlarning ishi uchun javob beruvchi Linuks yadrosi yotadi. Har bir ilova o‘z foydalanuvchi identifikatori va xotira katalogiga ega, bu joriy ishlab turgan ilova qolganlaridan himoyalanganligini anglatadi. Shuning uchun agar virus sizning qurilmangizga tushib qolsa ham, u faqat xotira kartasigagina o‘z ta’sirini ko‘rsata oladi (barcha ilovalar ushbu imkoniyatga esa). Qissadan hissa, gapning lo‘ndasini aytganda Android uchun ishlab chiqilgan viruslar mavjud emas, lekin shaxsiy ma’lumotlaringizdan turli maqsadlarga foydalanishi mumkin bo‘lgan zararkunanda dasturlar mavjud. Ushbu holatda eng yaxshi yechim, bu qoida bo‘yicha o‘rnatilgan xavfsizlik sozlamalarini o‘zgartirmaslik, shuningdek yana bir oddiy qoidaga amal qilish – notanish manbalardan chetki dasturlarni o‘rnatmaslikdir. Statistikaning ko‘rsatishiga qaraganda, Google Play’da zararkunanda dasturlar deyarli mavjud emas.
Smartfon uchun antivirus kerakmi?