Homila muddatini aniqlashning qanday usullar bor?
Homila muddatini aniqlashning qanday usullar bor?
DO`STLARGA ULASHING:
Xar bir bo‘lajak ona uchun farzandining nafaqat o‘g‘il qizligi balki xomilasi muddati va uni qachon dunyoga kelishini bilish xam muxim xisoblanadi. Xomila muddatini bilish bolaning ona qornida rivojlanishini va ona organizmidagi o‘zgarishlarni nazorat qilish imkonini beradi. Quyida xomila muddatini aniqlashning bir qator usullarini aytib o‘tamiz:
I. XAYZ SIKLIGA KO‘RA ANIQLASH.
Xomilador ayolning oxirgi xayzini boshlangan kuniga qarab aniklash akusher muddat deb atalib, bu usul xayzi muntazam bir xilda keluvchi ayollar uchun to‘g‘ri keladi va xomilador ayolning taxminidagi muxlatdan 2 xafta kattaroq yuradi. Agar Siz ayollar konsultatsiyasiga oy surganingizdan bir xafta o‘tib borsangiz va xomilam uch xafta buldi deb o‘ylasangiz ginekologlar sizga 5 xaftalik deb aytadilar.
Xayz kunini aniq bilish orqali farzandingizni qachon tug‘ilishini aniklash mumkin. Bu usul Negel usuli deb atalib, oxirgi xayzning birinchi kunidan uch oy olib tashlanadi va 7 kun qo‘shiladi. Xosil bo‘lgan sana Sizning tug‘ish kuningiz xisoblanadi.
II. ULTRATOVUSHLI TЕKSHIRISH (UZI) YORDAMIDA ANIQLASH.
UZI tekshiruv yordamida xomilani 2-3 xaftaligidayoq aniqlash mumkin. Bundan tashqari UZI nafaqat xomiladorlik mavjudligi balki uning qayerda joylashgani (bachadonda, bachadon naylarida), xomilaning xolati xaqida (o‘sayapti, rivojlanmay qolgan), yurak urishini 4-5 xaftaligidan, xarakatini 9 xaftaligidan aniqlash imkonini beradi. UZI tekshiruvi yordamida aniqlanda xomilaning bosh aylanasi, qorin aylanasi, son suyagi uzunligi kabi parametrlariga asoslanadi.
IV. EKSPRЕSS TЕSTLAR YORDAMIDA ANIQLASH.
Xomiladorlikni aniqlash uchun bir qator ekspress testlar mavjud bo‘lib, ularning ta’sir mexanizmi siydikda ajraladigan xorionik gonadotropinning mikdoriga asoslangan. Shu sababli testlarni aynan shu gormonning qonda ko‘paygan davrida – oy surgandan boshla, 1-2 kun o‘tgach qilish tavsiya etiladi. Bu testlarning bir necha turlari mavjud:
1. Qog‘ozli test. Eng arzon va yengil usul. Ertalabki siydikni steril bankaga olib unga test kerakli tomoni bilan solinadi. Xomiladorlikda ikkita bir xil rangdagi chiziqlar paydo bo‘ladi.
2. Planshetli test. Biroz qimmat lekin ishlatish uchun qulay usul. Plastik kassetadagi testning maxsus oynakchasiga komplekt tarkibidagi pipetka naycha yordamida siydik tomiziladi. Bir necha daqiqadan so‘ng natijani bilish mumkin.
3. Raqamli elektron test. Xozirda xomiladorlik va uning muddati xaqida axborot beruvchi yagona test usuli xisoblanib, 99% gacha sezgir xisoblanadi. Bunda tekshiruvdan so‘ng test ekranida manfiy yoki musbat belgi va xomiladorlik mavjud bo‘lsa 1-40 gacha son, ya’ni xomiladorlik xaftasi namoyon bo‘ladi.
V. VRACH KO‘RIGI ASOSIDA ANIQLASH.
Tajribali vrachlar xomila muddatini ginekologik ko‘ruv yordamida 2-3 kun farqi bilan aiqlashi mumkin. Xomilaning kichik muddatlarida ginekologlar qin va bachadon bo‘yinchasining shilliq qavatlarini ko‘karishi va yumshashiga qarab baxolasa, xomilaning 12-14 xaftasidan boshlab bachadon kattalashuvi va uning tubini joylashish darajasiga qarab aniqlashi mumkin. Shuningdek, qorin aylanasini santimetrli lenta yordamida o‘lchash orqali xam xomiladorlik muddatini solishtirish mumkin.
VI. XOMILANING BIRINCHI XARAKATIGA QARAB ANIQLASH.
Bolaning xarakatlanishi xomiladorlikni normal kechayotganini belgisi xisoblanadi. Aslida bolaning birinchi xarakatlari uning miyachasini shakllanishiga to‘g‘ri kelib, 9 xaftadan boshlanadi va tetanik ko‘rinishga ega bo‘ladi. Buni fakat UZI tekshiruv orqali aniqlash mumkin. Birinchi tug‘ruqdagi ayollar xomilasi xarakatini xomiladorlikning 20 xaftasidan, qayta tug‘uvchi ayollar esa 18 xaftasida sezishi mumkin.
ONLAYN KALKULYATOR YORDAMIDA ANIKLASH.
Bir qator internet saytlari xomila muddatini aniqlashning onlayn tizimini tavsiya etadi. Ular yordamida nafaqat xomila muddatini aniqlash, balki bolani o‘sishi davri va qachon tug‘ilishi xaqida xam bilish mumkin. Jumladan https://my-infant.com/ru-ru/home/pregnancyinput manbasi orqali bilish mumkin.
© https://t.me/gepamed_ultra
Homila muddatini aniqlashning qanday usullar bor?