Hid bilishning buzilishi

Hid bilishning buzilishi
hid bilishning buzilishi 65cb2ec3171da

b5f842b35ee77a7158992ef1037a11c7

Hid bilishning buzilishi

Mundarija скрыть
Hid bilishning buzilishi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Hid sezmaslik – keng tarqalgan muammo bo‘lib, xid sezishni kamayishi va xidni umuman yoki vaqtincha sezmaslik bilan xarakterlanadi.
1. Anosmiya – xid sezishni to‘liq yo‘qolishi bo‘lib, burunning shilliq qaatlarida joylashgan xid bilish retseptorlaridagi patologik o‘zgarishlar xisobiga kuzatiladi.
2. Giposmiya – xid bilishni qisman kamayishi xisoblanadi.
Xid bilishni buzilishi orttirilgan va tug‘ma bo‘lishi mumkin.
1. Tug‘ma anosmiya – xid sezish yo‘llarini rivojlanish nuqsonlari yoki xil bilish retseptorlarini to‘liq yo‘qligi xisobiga rivojlanadi. Bu patologiya boshqa bir qator jiddiy rivojlanish nuqsonlari bilan birga keladi.
2. Orttirilgan anosmiya – kelib chiqishi jixatiddan markaziy va periferik bo‘lishi mumkin.
• Markaziy (bosh miya ichi) anosmiya markaziy nerv tizimini turli xil kasalliklar: o‘smalar, ensefalomiyelit, umurtqa va bosh miya ichi qon tomirlarini zararlanishi natijasida rivojlanadi.
• Periferik anosmiyaning kelib chiqishi sabablariga ko‘ra quyidagi turlari farqlanadi:
o Funksional – u isteriya, nevroz, allergit rinit va o‘tkir respirator kasalliklardan so‘ng rivojlanadi.
o Respirator – u burun-xalqum soxasidagi patologik o‘zgarishlar: burun to‘sig‘ini qiyshayishi, adenoid, o‘smalar yoki atrofik rinit (sassiq dimog‘) xisobiga rivojlanadi. Natijada xavoning xid bilish analizatorini perferik segmentlariga yetib bora olmasligi va xid bilishni buzilishi kuzatiladi.
o Essensial – anosmiyaning bu turida xam periferik xid retseptorlarini turli shikastlanishlar, yallig‘lanish kasalliklari, termik va ximik kuyishlar natijasida sezish qobiliyatini buzilishi kuzatiladi.
o Yoshga xos – bu «qarilik anosmiyasi» xam deb atalib, shilliq qavatini atrofiyasi xisobiga rivojlanadi.
Anosmiyaning yana bir turi farqlanib, bunda patsiyentlar qandaydir xidlarni sezadi, lekin uni aniqlashning ilojisi bo‘lmaydi. Bu xolat meningit va bosh miya shikastlanishlaridan keyin rivojlanadi.
Xid bilishni buzilishini anomal turlaridan biri – parosmiya deb atalib, turli xid bilish gallyutsinatsiyasi xisobiga aslida mavjud bo‘lmagan xidlarni sezishdan iborat. Ma’lum bir xid o‘rniga boshqasini xis qilish — dizosmiya deb atalsa, yengil xidlarni kuchli sezish – giperosmiya deb nomlanadi.
Anosmiyani diagnostika.
Bemorlarga biror bir dori muolajalarini tavsiya etishdan oldin xid bilishni buzilishiga olib kelgan xolat va kasalliklarni aniqlash zarur xisoblanadi. Bu yerda LOR vrachi va nevrolog ko‘rigidan tashqari bosh miyada o‘smasimon jarayonlar bor yo‘qligini inkor etish uchun kompyuterli tomografiya tekshiruvi o‘tkazish tavsiya etiladi. Jami xulosalar olingach vrach ushbu kasalliklikni davolashning ilojisi bor yoki yo‘qligi xaqida biror to‘xtamga keladi va kerakli davo choralarini belgilaydi.
Anosmiyani davolash.
1. Tug‘ma anosmiyani davolashning ilojisi yo‘k.
2. Respirator anosmiyada davolash burun bo‘shlig‘idagi mezanik to‘siqlarni konservativ yoki xirurgik yo‘l bilan bartaraf etish va ullariniochishdan iborat.
3. Essensial anosmiyada medikamentoz terapiya qo‘llaniladi.
4. Periferik anosmiyada asosiy kasalliklar davolanadi, masalan, rinit va sinusitlar. Ushbu kasalliklar tuzalgach xid bilish asta-sekin qaytadan tiklanadi.
5. Markaziy anosmiyada maxalliy davo choralari ko‘rilmaydi va asosiy kasallik davolanadi.
gepamed.uz

Hid bilishning buzilishi