Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami
Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami
DO`STLARGA ULASHING:
Til haqida maqollar to’plami — tadbir va ochiq darslar uchun ayni kerakli yordamchi. Quyida turli darsliklar va manbalardan olingan maqol va hikmatli so’zlar sizning e’tiboringizga havola etiladi.
Yomon so’z va achchiq til haqida maqollar
-
Achchiq savol berib, shirin javob kutma.
-
Achchiq til — zahri ilon, chuchuk tilga — jon qurbon.
-
Bemorga shirin so’z kerak, aqlsizga — ko’z.
-
Gapi to’mtoqning o’zi to’mtoq.
-
Gapi to’ngning o’zi to’ng.
-
Yomon so’z egasiga qaytar.
-
Yomon so’zlab sovutma, jon og’ritib ovutma.
-
Ochiq til osh yedirar, achchiq til — tosh.
-
Yomon gapning oyog’i olti.
-
Zahar til suyakni yorar.
-
Aytilgan so’z — otilgan o’q.
-
Anjom uy ziynati, so’z inson ziynati.
-
Ariqni suv bezar, odamni — so’z.
-
Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.
Shirin va yaxshi so’zga oid
Donning achchig’i yaxshi,So’zning — shirini. |
Do’st orttiraman desang,Shirin suhbat qil. |
Yomon gap — bosh qozig’i,Yaxshi gap — jon ozig’i. |
Ovqatni tuz mazali qilar,Odamni — so’z. |
Iliq so’z — shakar,Sovuq so’z — zahar. |
Puling bo’lmasa, bo’lmasin,Shirin so’zing bo’lsin. |
So’zning boyligi — odamning chiroyligi. |
Shirin so’z shakardan shirin. |
Har kim o’z till bilan tirik. |
Hikmat — bir hovuch oltin. |
Bir tavakkal buzadi,Ming qayg’uning qal’asin.Bir shirin so’z bitkazar,Ming ko’ngilning yarasin. |
Ko’zdan ko’zing toysa,So’zdan ko’ngling toyar. |
Til haqida hikmatli so’zlar
O’zbek xalqining milliy maqollari juda ko’p, ularning til va unga yaqin bo’lgan mavzulardagi maqollaridan namunalar.
Bir yaxshi gap esdan chiqmas,Bir — yomon gap. |
Birovning o’zi g’ar,Birovning so’zi g’ar. |
Bug’doy noning bo’lmasin,Bug’doy so’zing bo’lsin. |
Gapda g’iybat yomon,Dardda — quyanchiq. |
Gapdan gap chiqar,Cho’pdan — xas. |
Gapi gapga o’xshamas,Og’zi gapdan bo’shamas. |
Gap egasini topar. |
Gapning yomoni pichir. |
Gapning ozi yaxshi,Qizning — nozi. |
Gapning qisqasi yaxshi,Qisqasidan hissasi yaxshi. |
Yomon gap yer tagida uch yil yotar. |
Yomon til yo jonga urar, |
Odam — so’zlashguncha,Yilqi — kishnashguncha. |
So’z chumchuq emas,Og’izdan chiqsa, tutib bo’lmas. |
Til bor, bol keltirar,Til bor, balo keltirar. |
Gapni gap ochar,Yomon gapdan qochar. |
Yomonning tili bor,Yaxshining — dili. |
Yomonning yuzi qursin,Gapirgan so’zi qursin. |
Ko’ngilsiz gapning kechikkani yaxshi. |
Yomon so’zning qanoti bor. |
Qo’yning qimmati — yungida,Odamning qimmati — so’zida. |
Yomonning yaxshi so’zidan,Yaxshining yomon so’zi yaxshi. |
Dushman orttiraman desang,Chaqirtikan bo’l. |
Yomon so’z bo’lmasa,Yaxshi so’z bo’lmaydi. |
Yomon til boshga balo keltirar,Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. |
Issiq kiyim tanni ilitar,Issiq so’z jonni ilitar. |
Dunyoni yel buzar,Odamni — so’z. |
Ovni — oziq bilan,Odamni — so’z bilan. |
Yaxshi-yomon so’z va gaplar haqida maqol
-
Go’sht-yog’ berma, yaxshi til ber.
-
Duo bilan el ko’karar, yomg’ir bilan yer ko’karar.
-
Duo olgan omondir, qarg’ish olgan yomondir.
-
Yo’l quvgan xazinaga yo’liqar, so’z quvgan — baloga.
-
Kishining o’zi yetmagan yerga so’zi yetar.
-
Kuch egmaganni so’z egar.
-
Ko’p gap — eshakka yuk.
-
Mazali so’zga quloq charchamas.
-
Ma’qul gapga qoruv yo’q.
-
Ming chechanni bir ezma yengar.
-
Muzdan suv tomar, so’zamoldan — bol.
-
Odam so’zi bilan sinalar, osh — tuzi bilan.
-
Oz gapir — soz gapir.
-
Olim so’zi oz, oz bo’lsa ham soz.
-
Orqadagi gap — og’ildagi tezak.
-
Og’izga kelgan so’z arzon, ovulga kelgan bo’z arzon.
-
Og’rigan joyga qo’l yugurar, og’ritar so’zga til yugurar.
-
Pichir-pichirdan o’t chiqar.
-
Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til.
-
Sen ham bir og’izdan, siz ham.
-
Suv o’z yo’lini topar, so’z — o’z egasini.
Til — dil jarchisi.Til — aql bezagi.Til — aql tarozisi.
Suydirgan ham til,Kuydirgan ham til. |
So’z kaltada,Un xaltada. |
Suyaksiz til suyak sindirar. |
|
So’z ko’rki — maqol. |
So’z ojizi bo’lguncha, |
So’z emgak bo’lar,Bo’z — ko’ylak. |
So’zda qanquv yomon,Dardda — sanchuv. |
So’zdan so’zning farqi bor,O’ttiz ikki narxi bor. |
So’zdan so’z chiqar,So’zlamasang na chiqar. |
So’zlagandan so’zlamagan yaxshiroq,So’zlab edim, boshimga tegdi tayoq. |
So’zning yomoni — sanchiq,Dardning yomoni — quyonchiq. |
So’zning onasi — quloq,Suvning onasi — buloq. |
Tayog’i yo’g’on birni urar,So’zi yo’g’on mingni urar. |
Til — dil kaliti. |
|
So’z oyoqdan ilgari borar. |
So’zi nodurustning o’zi nodurust. |
So’zni bir ezmadan so’ra,Bir — kezmadan. |
Tanballik — kulfat,Mahmadanalik — ofat. |
Taom lazzati o’zida.Odam lazzati — so’zida. |
Til yugurigi — boshga,Oyoq yugurigi — oshga. |
Til yaxshisi bor etar,Til yomoni xor etar. |
Tilingda bo’lsa boling,Kulib turar iqboling. |
El bor yerda so’z bor. |
Uzun til — umr zavoli. |
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz. |
Tilga e’tibor — elga e’tibor. |
Tig’ jarohati bitar,Til jarohati bitmas. |
Tilni bog’la dil bilan,Dilni bog’la til bilan. |
Tuzsiz oshning epi oson,Tuzsiz gapning epi qiyin. |
Uzun til — boshga to’qmoq,Bo’yinga — sirtmoq. |
Chin so’z — mo’tabar,Yaxshi so’z — muxtasar. |
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. |
Toza suvni yer olar,Yaxshi so’zni el olar. |
Shirin so’z — qaymoqli ayron,Achchiq so’z — bo’yniga arqon. |
Til tig’i qilich tig’idan o’tkir. |
Fil ko’tarmaganni til ko’tarar. |
Til — dil tarjimoni. |
Maqollar: til haqida
-
To’qson og’iz so’zning to’qsonta tuguni bor.
-
Shakar ham tilda, zahar ham.
-
Shirin so’z shoh kosasida suv ichar.
-
Shirin yuzingdan shirin so’zing a’lo.
-
Egasiz qarg’ish egasini topar.
-
Eldagi gap — dildagi gap.
-
Elni sevsang, elcha gapir.
-
Ona tilim — jon-u dilim.
O’z aqling aqldir,Elning aqli naqldir. |
Yaxshi gapga quloq sol,Yomon gapga uloq sol. |
Yaxshi og’izga — osh,Yomon og’izga — tosh. |
Yaxshi so’z bo’ldiradi,Yomon so’z kuydiradi. |
Quloqdan kirgan sovuq so’zKo’ngilga borib muz bo’lar. |
Qizil tilim bo’lmasa, qishlar edim elimda.Yashil tilim bo’lmasa, yayrar edim elimda. |
O’tarchining nashtari yeng ichida,Zahar xotin nashtari til uchida. |
Qizil tilim tiyolmadim,Qizimnikiga borolmadim. |
askinfo.uz
Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami