Metan dvigatelni quritadimi yoki aksimi ?

Metan dvigatelni quritadimi yoki aksimi ?
metan dvigatelni quritadimi yoki aksimi 65ca65dea26e1

%D0%91%D0%B5%D0%B7 %D0%BD%D0%B0%D0%B7%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F 1 1

Metan dvigatelni quritadimi yoki aksimi ?

Mundarija скрыть
Metan dvigatelni quritadimi yoki aksimi ?
DO`STLARGA ULASHING:

/ Avto Olam / От

DO`STLARGA ULASHING:

Metan dvigatelni quritadimi yoki aksimi ?
Agar siz metan qo’yish mashinaga zararli deb o’ylasangiz bu maqola siz uchun. Avvalgi postimdan ma’lumki metan ham benzin ham propanga nisbatan tozaroq yonadi va bu bilan silindr ichida juda kam karbon depozitlari qoladi. Benzinda bo’lsa shu qolgan depozitlar moy tarkibiga o’tib ketib uni vaqt o’tib sifatini tushurib yuboradi. Shunday ekan metanda yurgan mashinaning moy almashtirish muddati 2000-3000 kmga benzindan ko’proq. Lekin benzin suyuq bo’lgani uchun silindr ichini moylab turadi va yedirilish xavfini oz bo’lsada kamaytiradi.
Qaysi birining quvvati ko’proq deyiladigan bo’lsa quyidagicha:
Yoqilg’ilarning energiya tarkibi hajm birligiga ko’ra va massa birligiga ko’ra solishtirilishi mumkin. Hajmi bo’yicha hisoblanganda, benzin metanga qaraganda 1 litr uchun yuqori energiya tarkibiga ega. Buning sababi shundaki, benzin suyuq va metanga qaraganda zichroq, ya’ni uning birlik hajmiga ko’proq massasi bor.
Boshqa tomondan, massa bo’yicha hisoblanganda, metan, odatda, benzinga nisbatan yuqori energiya tarkibiga ega. Metan molekulalarida energiya zich bo’lgan uglerod-vodorod aloqalarining ko’proq ulushi mavjud bo’lib, ular massa birligiga nisbatan yuqori energiya miqdoriga ega.
Shunday qilib, agar siz ularni hajm (litr uchun) asosida taqqoslasangiz, benzin ko’proq energiyaga ega bo’lishi mumkin, ammo massa (kilogram uchun) asosida taqqoslasangiz, metan ko’proq energiyaga ega bo’ladi. Soddalashtirib aytganda sizda ikkita kvadrat uy bor. birining ichida juda ko’p o’tin bor. Boshqa birining ichida esa kam o’tin bor lekin ularning har birining massagi birmuncha o’g’irroq va yonganda ko’proq issiqlik ajratadi. Agar ikkala uyga o’t qo’ysangiz baribir o’tinlar soni juda ko’p bo’lgan uy uzoqroq yonadi.
@Avtomexanik_07

Metan dvigatelni quritadimi yoki aksimi ?