O’ziga ohangrabodek tortuvchi 4 ta odat 10+

O’ziga ohangrabodek tortuvchi 4 ta odat 10+
oziga ohangrabodek tortuvchi 4 ta odat 10 65cb2ba9807df

110

O’ziga ohangrabodek tortuvchi 4 ta odat 10+

DO`STLARGA ULASHING:

Hech ahamiyat berganmisiz, shunday insonlar borki, katta-yu kichikni o‘ziga birdek rom etadi, doimo diqqat markazida bo‘ladi, hamma ular bilan suhbatga oshiqadi. Xo‘sh, buning siri nimada?

1.Hamma narsaga ijobiy qarash lozim!

Insonda asabiylik, tushkun kayfiyat bo‘ladi. Ammo faqat yaxshilikka ishonib yashash lozim. Yomonlikdan ham yaxshilik qidirish, yuzlarida doimo nim tabassumni tark etmaslik yaxshi odat. Tabiiyki, qovog‘i solingan, doim nimadandir norozi, o‘ychan insonlardan ko‘ra tabassum qiluvchi kishilar bilan suhbatlashgingiz keladi. Undagi xush kayfiyat sizga ham «yuqadi».

2.Mas’uliyatni o’z bo’yniga olish!

Baxtli va xush kayfiyatda bo’lishning sirlaridan biri hamma narsa o’z izmingizdaligiga va o’z hayotingizga faqat o’zingiz javob bera olishingizdadir. Agar omadsizliklaringizga kimnidir aybdor qilsangiz, o’zingizdan hammani uzoqlashtirasiz, chunki boshqalarga salbiy hislaringizni «yuqtirgan» bo‘lasiz.

3.O’zlarini aldamaslik!

Bunday odamlar o‘zlarini aldamaydilar. Hayotga teran qaraydilar va hammasi yaxshi bo‘lishiga o‘zlarini ishontiradilar. Aslida ham, shunday bo‘lishi uchun qo‘llaridan kelgan barcha narsani qiladilar.

4. Yaxshilikni ravo ko’rish!

Yaqin insonidan ayb axtaraverish munosabatlarni burchakka taqab qo’yishini bilamiz. Hammani boricha qabul qilib, o’rtig‘ini kutmaslik, atrofdagilarni o’zgartirishga harakat qilmaslikni ham. Hatto hayotlardagi eng yomon hodisa yuz berganda ham, darrov aybdorlarni qidirishga kirishmaslik shart. Aksincha, vaziyatga obyektiv yondashish eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Kamola Ismoilova tayyorladi

pmt.uz

O’ziga ohangrabodek tortuvchi 4 ta odat 10+