Psixologdan omadga eltuvchi tavsiyalar 12+
1.O‘zingiz tanlagan yo‘ldan faol harakat qilish uchun o‘zingizda shu ishga bor muxabbatingizni yo‘naltiring! 2. Sinovlarga ham ruhan ham jismonan tayyor turing.Bilingki siz ruhiy va jismoniy tomondan sog‘lom bo‘lishingiz kerak. Bilmasangiz o‘rganing! 3. Omadsizlikdan ham foyda qidiring. 4. Doim ijobiy fikrlashga o‘rganing. Oldingizg qiyin vazifalarni qo‘yishdan qo‘rqmang. Stress – o‘ziga ishonchsizlikning mahsuli. Shuning uchun o‘zingizga ishoning. 5. Har bir vaziyatda aynan bo‘layotgan voqeani tahlil qiling. O‘tmish bilan ham, kelajak bilan ham yashamang. O‘tmish o‘tib ketti. Ertani kelishi dargumon. Bugungi kuningiz bilan yashang! 6. Fikrlar moddiylashadi. Fikrlaringizni diqqat qiling. Agar qalbingiz hotirjam bo‘lsa tanagiz ham sog‘lom bo‘ladi. Kasalliklarning manbasi nima ekanligini bilasiza? Mushaklarning tirishishi ruhiy nosog‘lomlik belgisidir. Xayolan buning sababini qidiring va noxush vaziyatni unuting. 7. Agar vaziyatni o‘zgartirolmasangiz unda unga yondashish uslubini o‘zgartiring. Biz doim vaziyatni aslidek emas, o‘zimiz tasavvur qilgandek ko‘ramiz. O‘zingizni ustingizda ko‘p ishlab dunyoqarashingizni kengaytiring. 8. O‘zingiz idora qiladigan vaziyatlarga e’tiborli bo‘lib, imkoniyatingizdan ortig‘iga bel bog‘lamang. Vaqtida to‘xtab kuch yig‘ish uchun dam oling va yana yangi marralarni zabt eting! 9.Omadsizlikka uchraganingizda buni bir darsdek qabul qiling. Xatolarni tan olishingiz sizni yangi zafarlar quchishingizda yordam beradi. Omadsizlarga o‘xshab qo‘l siltab, tushkunlikka tushmang. 10. Eng muhimi — qanday ish bilan shug‘ullanmang sportmi, biznesmi, oilami, o‘qishmi hammasidan zavqlaning va rozi bo‘ling. Shunda omad doimo sizga yor bo‘ladi!!! Siz bilan faxrlanishlarini xohlaysizmi? Unda o‘z ustingizda ishlang!Psixologdan omadga eltuvchi tavsiyalar 12+
DO`STLARGA ULASHING:
psixolog Sarvar Qaxxorov tayyorladi
Psixologdan omadga eltuvchi tavsiyalar 12+