Nega mashina развал ,схождения qilinadi ?
Nega mashina развал ,схождения qilinadi ?
/ Avto Olam / От
DO`STLARGA ULASHING:
Nega mashina развал ,схождения qilinadi ?
развал ,схождения terminlari avtomobilsozlikda eng muhim protseslar sanaladi. Развал bu g’ildirakning qanchalik tik holatta turganini bildiruvchi atama bo’lsa, схождения g’ildiraklarning old qirralari orqa qirralarga qaraganda bir-biriga yaqinroq ekanligini yoki aksincha ekanini bildirib turuvchi atamadir. Ikkala holatda ham g’ildirak qanday pozitsiyada turganiga qarab negativ yoki pozitiv egrilik deb ataladi.
Agar g’ildiraklar tik vaziyatdan negativ egrilikka o’tsa shinalarning ichki qirralari tez yedirilib ketadi chunki o’sha tomonga ko’proq og’irlik tushadi. Negativ egrilik sport mashinalarida foydalaniladi bu esa mashina katta tezlikda burilishlarda yo’l bilan yaxshi kontaktni va stabillikni saqlaydi ya’ni yon tomonga ag’anamaydi. Lekin bunday holatda haydash podshipniklar yoki podveskaga salbiy ta’sir qiladi.
Agar g’ildiraklar tik vaziyattan pozitiv egrilikka o’tsa shinalarning tashqi qirralari tez yedirilib ketadi. Pozitiv egrilik off-road xususiyatga ega ya’ni notekis ,katta toshlar bilan to’lgan yuzalarda yurish uchun juda mos. Agar siz pick up mashinalariga og’ir narsalarni yuklasangiz pozitiv egrilik tik holatiga qaytadi va bu mashina uchun juda qulay.
Bizning ustaxonalardagi развал ,схождения qilish bu g’ildiraklarni manashu pozitiv yoki negativ egriliklardan o’zining avvalgi tik yoki normal holatiga qaytarish uchun qilinadi. Chunki normal ekspluatatsiya qilinadigan barcha mashinalar uchun yagona standart bu g’ildirakning tik holatida bo’lishidir.
@Avtomexanik_07
Nega mashina развал, схождения qilinadi ?