Alisher Shodmonov haqida

Alisher Shodmonov haqida
alisher shodmonov haqida 65cb28202caa3

1577340219 shodmonov new

Alisher Shodmonov haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Nima uchun mashhur?

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti assambleyasi vitse-prezidenti (2019). Tibbiyot fanlari doktori, professor. “Adolat” SDP a’zosi. Toshkent shahrida koronavirusdan sog‘aygan insonlarning har biriga gul ulashib, ularni uylariga kuzatgan.

Qanday mashhur bo‘lgan?

y56y011 1

Alisher Shodmonov 1962 yil 10 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan (57 yosh). 1985-87 yillarda Andijon tibbiyot instituti urologiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatori, 1987-1990 yillarda Moskva malaka oshirish instituti urologiya kafedrasi aspiranti bo‘lgan. 1993 yili Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori, 1996 yilda Andijon shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri etib tayinlangan. 2000 yildan boshlab, Andijon davlat tibbiyot intstitutida turli lavozimlarda, 2010 yildan rektor lavozimida faoliyat yuritgan. 2015-2017 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi. 2017 yil 21 fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri. 2020 yilni bemor bolalarning holidan xabar olishdan boshlagan.

Mashhur nima deydi?

alisher shodmonov 1

«Aholimizning 51 foizida ortiqcha vazn borligi, 28 foizida undan ham yuqoriroq darajasi – semizlik kasalligi qayd etilganligini ilmiy ishlar bilan isbotlab berdik».

«Tadbirkor qonundan ham, xudodan ham qo‘rqsin. Hozir ikkalasidan ham qo‘rqmayapti. Chunki yuzlab maktab o‘quvchilarini zaharlab qo‘yib, ozgina ma’muriy jarima bilan qutilib ketyapti. Albatta, bundan keyin yana bemalol ishini davom ettiryapti».

new.fikrat.uz

Alisher Shodmonov haqida