Xurshid Do’stmuhammad haqida

Xurshid Do’stmuhammad haqida
xurshid dostmuhammad haqida 65cb281251dfb

30

Xurshid Do’stmuhammad haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Nima uchun mashhur?

O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati. Jurnalist va yozuvchi. Filologiya fanlari nomzodi. Stsenariy muallifi sifatida yaratilgan «Chayongul» badiiy fil`mi 2000 yili keng tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan. 2 marotaba «Yilning eng yaxshi yozuvchisi» (Ofarin-2000, E’tirof-2016) deya e’tirof etilgan.

Qanday mashhur bo’lgan?

Xurshid Do’stmuhammad 1951 yil 8 yanvar kuni Toshkentda tug’ilgan. O’rta maktabni bitirgach, 1969-73 yillarda ToshDUning jurnalistika fakultetida o’qigan. «Fan» nashriyotida, «Fan va turmush» jurnalida, «Qishloq haqiqati» gazetasida, 1986 yildan esa «Yosh kuch» jurnalida bo’lim mudiri, bosh muharrir o’rinbosari, bosh muharrir sifatida faoliyat yuritgan. Respublikada ilk nashr qilingan «Hurriyat» mustaqil gazetasida muharrirlik qildi. Keyinchalik O’zbekiston OAVni demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasiga rais etib tayinlangan.
Shuningdek, O’zDJTUning xalqaro jurnalistika fakul`tetida ham faoliyat yuritgan. Akutagaeva Ryunoske va Temur Po’latovning asarlarini o’zbekchalashtirgan. Dastlabki kitobi «Hovli etagidagi uy» deb nomlangan. «Bozor» romani, «Donishmand Sizif» qissasi uning mashhur asarlaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

Mashhur nima deydi?

«Olqishlar jamiyatni rivojlantirmaydi, muammolarni hal qilmaydi, olqishlar odamni bezamaydi. Olqish jamiyatning rivojiga ishlamaydi».
«Jamiyat mashvarat bilan, fikrlar bilan boshqarilishi kerak».
«Eng katta illat — matbuotimizda tahlil yo’qoldi. Tahlilsiz matbuot matbuot emas. O’quvchilar ham shunga ko’nikib qoldi. Odamlarning tafakkuri qisqa xabarlarga o’rganib qoldi, tafakkur qilmay qo’ydi, bu esa juda yomon holat».

new.fikrat.uz

Xurshid Do’stmuhammad haqida