E’tiqod va ideallar haqida
E’tiqod va ideallar haqida
DO`STLARGA ULASHING:
A’molsiz yashagan kishi g‘aribdir!
I. S. TURGENEVIdealni inkor etgan odam pastkashlikni osonlik bilan go‘zallik deb qabul qilishi mumkin.
I. GYoTEIdealsiz yashash yaramaydi. Sog‘lom idealga, shunday idealki, xalqimizning qalbidan, vujudidan otilib chiqqan idealga ega bo‘lmoq kerak.
G. DIMITROVIdeal yo‘lchi yulduzdir. Usiz aniq yo‘lni topish qiyin, aniq yo‘l bo‘lmasa — hayot ham yo‘q.
L. N. TOLSTOYIdealsiz, ya’ni ma’lum darajada qandaydir ezgulikka intilishsiz hech qachon hech qanday yaxshi jamiyat bo‘lishi mumkin emas.
F.M. DOSTOEVSKIYTabiat odamni to‘rt oyoqlab yurishdan xalos qilgandan boshlab, unga hassa shaklida — idealni taqdim etdi! O‘shandan beri inson beixtiyor ravishda mukammallikka — tobora yuksaklikka intiladi.
M. GORKIYHayot hali mavjud bo‘lmagan, lekin fikrda bor, amalga oshirilishi mumkindek tuyulgan ideal rahnamoligida kamolot sari boraveradi.
M. GORKIYIdealga muhabbat faol va o‘ta fidoyilikka moyil tuyg‘udir.
M. GORKIYInsoniyat oldiga burungisiga qaraganda ancha yuksak ideal qo‘yilishi bilan avvalgi ideallarning hammasi quyosh chiqishi bilan so‘ngan yulduzlardek so‘nadi va inson quyoshni ko‘rib turganidek yuksak idealni e’tirof etmasligi ham mumkin emas.
L. N. TOLSTOYKishining faoliyati g‘oya bilan sug‘orilmagan bo‘lsa, qupquruq va g‘aribdir.
N. G. ChERNIShEVSKIYAgar senga g‘oya yoqib qolsa, undan ruhlan. Chunki Insonda ruhlanish qobiliyati bo‘lishi kerak.
E. TELMANZarur bo‘lganda jon fido etmagan kishyani oqil deyish xato.
G. BIShEROlijanob g‘oyalarsiz insoniyat yashay olmaydi.
F. M. DOSTOEVSKIYOdamzod baxti uchun hamma narsadan voz kechishga o‘rgatadigan ajib g‘oyalarni kishilarga singdirish buyuk san’atdir.
STENDALInsoniyatning butun maqsadlari, butun mehnatlari muhabbatsiz nimaga ham arzirdi?
M. Yu. LERMONTOVKimda g‘oya bor ekan, kimki tirik ekan, undan so‘zsiz naf keladi, agar u o‘z g‘oyasidan o‘zi voz kechmagan bo‘lsa.
F. E. DZERJINSKIYG‘oyadan qo‘rqqan odam bora-bora o‘z tushunchasini ham yo‘qotadi.
I. GYoTEG‘oyadan begonalashgan har qanday odam oqibat-natijada yalang‘och tuyg‘ulari bilangina qoladi.
I. GYoTEInsonda izchil va ongli e’tiqod, faqat yo jamiyat ta’siri ostida yoki adabiyot yordamida rivojlanishi mumkin.
N.G. ChERNIShEVSKIYBarcha g‘oyalar tajribadan olingan, ular voqelikning to‘g‘ri yoki buzilgan in’ikosidir.
F. ENGELSTirik jon kuchli e’tiqodga ega bo‘lmasligi mumkin emas… E’tiqodsiz kishilargina e’tiqodni amalga oshira olmaydilar; kaltafahm odamlar yoki vijdonsiz odamlargina e’tiqodsiz bo‘ladilar.
Ya. G. ChERNIShEVSKIYHaqgo‘y va foydali bo‘lish uchun halollikning o‘zi kamlik qiladi; shu bilan birga g‘oyaviy izchillik ham kerak.
N. G. ChERNIShEVSKIYG‘oyani foydali deb e’tirof eta turib, lekin undan foydalana bilmaslik ham mumkin.
Ya. GYoTEO‘z e’tiqodingni aytmog‘ing uchun jur’atli bo‘lishing kerak.
Ya. M. SEChENEVHar bir kishi o‘z e’tiqodini himoya qilishi uchun mard bo‘lishi kerak.
A. GUMBOLDTE’tiqod o‘zimizniki bo‘lgani uchun emas, balki haqqoniyligi uchungina qimmatlidir.
V. G. BELINSKIYHar qanday qat’iy e’tiqodlarimiz ham bilimlarning yanada yuksalishi tufayli uloqtirib tashlanishi yoki juda bo‘lmaganda o‘zgartirilishi mumkin.
T. GEKSLIFaqat tentaklar va murdalargina hech qachon o‘z fikrlarini o‘zgartirmaydilar.
J. LOUELLAgar sen odamlardagi samimiy, chuqur, beg‘araz e’tiqodlarni rad etgudek bo‘lsang, unda men sening o‘zingda hech qanday e’tiqod yo‘qligini har jihatdan asoslab bera olaman.
Ya A. DOBROLYuBOVE’tiqod aktiv faoliyatda namoyon bo‘lishdan tashqarida yashay olmaydi.
V. A. SUXOMLINSKIY
Eng yuksak ideallarning targ‘iboti ham ularga erishishning ijobiy yo‘lini ko‘rsata bilmasa, hech nimaga xizmat qilolmaydi.
A. BARBYuS
Insonning eng yuksak xohishlari, g‘oyalari, niyatlari va tuyg‘ulari kundalik hayotda o‘z burchini ko‘ngildagidek bajarishga uni undamasa, sariq chaqaga ham arzimaydi.
G. BIShERE’tiqodni devorga osib ko‘z-ko‘z qilib bo‘lmaydi.
O.BALZAKHayotini o‘z e’tiqodiga bag‘ishlagan odam yangi metallni ixtiro etgan yoki yangi gazni topgan tadqiqotchiga qaraganda ham insoniyatga ko‘proq xizmat qilgan bo‘ladi.
J. LOUELLTalant ommani o‘z g‘oyalarining haqqoniyligiga ishontirishi kerak va shunda ularning amalga oshirilishi xususida tashvishlanib o‘tirmaydi, ular o‘zlashtirilishi bilan o‘z-o‘zidan amalga oshaveradi.
F. ENGELSG‘oyalar ommaga singgan taqdirdagina kuchga aylanadi.
V.I. LENINTabiatan irodasiz bo‘lgan ko‘pgina odamlar o‘z qadrlarini bilmaganliklari uchun ham butunlay ortiqcha bo‘lib qoladilar va nojo‘ya ovoz bilan kuylayotgan umumiy xirgoyidan hech bir ajrala olmaydilar.
D. I. PISAREVE’tiqodsiz odam notavon, har bir a’moli yo‘q odam g‘arib kimsadir.
Ya. Ye. REPINJiddiy odamning g‘oyalari ko‘p bo‘lmaydi. G‘oyasi ko‘p odam hech qachon jiddiy bo‘lolmaydi.
P. VALERI
Mening e’tiqodlarim yuragimning urushiga qarab o‘zgaraversa, unda holimga voy.
F. ShILLERInson sifatida o‘z fikrining qadriga yetmaydigan odam vijdonsizdir.
V. G. BELINSKIYBirinchi uchrashgan kimsaga yoqish uchun o‘z fikrini darrov o‘zgartiraveradigan odamni biz bo‘lmag‘ur, pastkash, hech bir ixlosi yo‘q odam deymiz.
N. A. DOBROLYuBOVziyouz.uz
E’tiqod va ideallar haqida