Ehtiroslar va tashabbus haqida
Ehtiroslar va tashabbus haqida
DO`STLARGA ULASHING:
G‘ayrat belgilangan maqsadga muhabbat kuchidir.
P. A. PAVLENKOTuganmas huzur-halovat — mehnatda.
U. BLEYKFaqat tetik qaynoq shijoatdan, ona yurtga otashin muhabbatdan, jasurlik va g‘ayratdangina g‘alaba tug‘iladi. Gap unda-bunda ko‘rsatib qo‘yiladigan shijoatda ham emas, balki bor kuchlarni qat’iyat bilan safarbar qilishdadir, tog‘larni ham asta-sekin va to‘xtovsiz qo‘zg‘atadigan, noma’lum teranliklarni ochadigan va ularni quyosh tiniqligiga olib chiqadigan doimiy jo‘shib yonish haqida gap boryapti.
M. V. LOMONOSOVDunyodagi hech bir ulug‘ ish ehtirossiz sodir bo‘lmaydi.
G. GEGELHech qachon hech qanday ulug‘ ish g‘ayratsiz yuzaga chiqmagan.
R. EMERSONEhtiros ko‘p narsaga qodir. U insonda mislsiz g‘ayriinsoniy qudrat uyg‘ota oladi. U o‘zining sira bo‘shashmaydigan tazyiqi bilan hatto eng bosiq qalblardan ham aql bovar qilmas darajadagi kuch-qudratni tortib oladi.
S. SVEYG
Ehtirosni xavfli deb, insonni undan mahrum qilmoqchi bo‘lgan odam miyaga qon quyilishiga sababchi bo‘ladi deb insondan uning butun qonini chiqarib olishni o‘ylagan nodonni eslatadi.
F. VOLTERQachon qarasa ehtiroslarni qoralashadi, odamzodga xos barcha baxtsizliklarni ehtirosdan ko‘rishadi, lekin ayni paytda ehtiroslar barcha shodliklarimizning manbai ekanligini esa unutib qo‘yadilar.
D. DIDROEhtiroslar yelkanlarni ishga soluvchi shamollardir, ba’zan kemalarni g‘arq qiladilaru, ammo shamolsiz suzish mumkin emas. Inson ehtiroslardan begona bo‘lmasligi, lekin ularni boshqarib borishi kerak.
JAN POLEhiroslarni o‘rinli va o‘rinsizga bo‘lib, birinchisiga mukkadan ketgancha, ikkinchisidan o‘zini olib qochuvchilar haq emaslar. Inson mahkam tursa, hamma ehtiroslar yaxshi, ehtiroslarga qul bo‘lsa, unda hammasi yomon.
J. J. RUSSOEhtiroslar bizni adashtiradi, chunki ular butun diqqatimizni ko‘z o‘ngimizdagi narsaning bir tomoniga qaratadi-yu, uni har tomonlama tadqiq qilishimizga yo‘l qo‘ymaydi.
K. GELVESIYIstak — fikrning otasi.
V. ShEKSPIRAqlning eng katta g‘alabalari, ehtimol, ehtiroslar tufayli ro‘yobga chiqqandir.
L. VOVENARGEhtiroslar osoyishtalik dushmanidir, lekin ehtiroslarsiz na san’at, na ilm-fan ravnaq topadi va har kim o‘z isqirtliklari ichida dumalab, mudrab yotgan bo‘lar edi.
A. FRANSEhtiros undovi aql undoviga qaraganda dadilroq ekan, demak, o‘sha istakni amalga oshirishda ehtiros aqlga qaraganda ko‘proq kuch ham beradi.
L. VOVENARGDonolik ehtirossizlikda emas, balki ehtiroslarni boshqara bilishdadir.
G. ShOUHar qanday ehtiros hamisha mubolag‘a bilan yashaydi, aks holda u ehtiros bo‘lmas edi.
N. ShAMFOREhtirosni tizginla, aks holda u seni tizginlaydi.
EPIKTETO‘zini ehtirosdan butunlay tiyadigan odam emas, balki undan kema yoki arg‘umoqdan foydalangandek, ya’ni uni kerakli va foydali tomonga bura olgan kishigina ehtiros ustidan hokimlik qila oladi.
ARASTUEhtiroslar odatiy tusga aylansa, illatga yoki odatga qarshilik ko‘rsatsa — ezgulikka, aylanadi. Ehtiros hayot sururi va bezagidir, lekin qalbda iroda
bo‘lmasa ehtirosdan ne foyda.
V. G. BELINSKIYKuchli ehtiroslar tagida ko‘pincha bo‘sh iroda yashiringan bo‘ladi.
V. O. KLYuChEVSKIYEhtirosga ixtiyorni berish — oqillarning ishi emas.
QOBUSOqil odam ehtiros bilan kurashadi, tentak esa uning quliga aylanadi.
EPIKTETziyouz.uz
Ehtiroslar va tashabbus haqida