Hayot mohiyati haqida
Hayot mohiyati haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Inson uchun eng qadrli narsa nima? Hayot, chunki bizning barcha quvonchlarimiz, bizning butun baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog‘liqdir.
N. G. ChERNIShEVSKIYShunday yashamoq kerakki, toki hayotga cheksiz talablar qo‘yish mumkin bo‘lsin.
A. BLOKHar bir kishining hayoti — agar u o‘zini inson deb tushunsa, o‘zini tor egoistik manfaatlar yo‘lida emas, balki qandaydir muazzam ishga intilayotgan, ulug‘vor umum ishi uchun kurashayotgal ilg‘or kishilarning ko‘tarinki maqsadlari uni shaxsan ilhomlantirayotganini his etsa — u to‘la ma’nodagi insondir.
M. I. KALININHayot — oliy darajadagi progressiv faoliyatdir va uning taraqqiyotga yo‘l ochajak bosh harakatlantiruvchi prujinalari ezgulikka intiluvchi insonlar, ya’ni naslimizning sog‘lom hamda normal vakillarining tafakkuri va orzu-istaklariga ulangandir.
D. I. PISAREVInson jamiyat va davlatning ko‘lamli manfaatlari uchun qanchalik foyda keltirsa, u shu qadar barkamoldir.
D. I. MENDELEEVJamiyatning keng manfaatlari va vazifalariga xizmat qilishga bag‘ishlanmagan umrni umr demasa ham bo‘ladi.
N. S. LESKOGJamiyat ishlari to‘g‘risidagi fikrlar ta’sirisiz, ularda qatnashish tufayli tug‘iladigan tuyg‘ularning ta’sirisiz inson kamol topa olmaydi.
N. G. ChERNIShEVSKIYEr yuzida loaqal birgina bo‘lsa ham baxtsiz kishi yashayotganini ko‘rib turib, xotirjam yashash va baxtli bo‘lish mumkin emas. Yashashdan maqsad, butun insoniyat farovonligini va baxtini ko‘zlashdir.
Ya. BOLVAYOch odam, so‘zsiz, o‘zini yomon his etadi, biroq to‘q odam ham yon-atrofdan eshitilayotgan ochlarning ohu nolasiga tobu toqat qilishi mumkin emas.
N. G. ChERNIShEVSKIYQuloqdan dilingga gar kirmasa nur,
Sichqon kavagidan ne farqi bo‘lur.
A. JOMIYBoshi bilan sho‘ng‘ib kirmasa har dam,
Suv ostidan durni toparmi odam?
A. JOMIYYaxshi xulqli bo‘lgil hamda sof ko‘ngil,
Odamlarga doim insofli bo‘lgil.
Bu mehnatxonada yaxshiyu yomon
Uchraydi, yaxshilik qilaver hamon.
A. JOMIYFaqat bashariyat baxti uchun qilingan mehnatgina chinakam va boqiy shuhrat keltirishi mumkin.
Ch. SEMNERDoimiy tashvish, mehnat, kurash, yo‘qchilik — bu zaruriy shart-sharoitlardir, hech kimsa bular haqida o‘ylashdan o‘zini bir daqiqa ham chetga olmasligi kerak… Halol yashamoq uchun intilmoq, adashmoq, urinmoq, yanglishmoq, nimanidir boshlamoq va tashlab qo‘ymoq va yana boshlab, yana tashlab qo‘ymoq, doimo kurashmoq va yo‘qchilikka chidamoq kerak. Xotirjamlik ruhiy pastkashlikdir.
L. N. TOLSTOYInson hayotining ma’nosi tinib-tinchimaslik va doimiy tashvishdan iboratligini tushungan odam kaltafahmlikdan qutulgan bo‘ladi.
A. BLOKTor manfaatparast odam chala, o‘z qobig‘idan chiqmagan, o‘zini hech narsaga va hech kimga javobgar deb hisoblamaydigan odamdir.
M. I. KALININ
Dunyoda qurbonsiz, jon koyitmay, mashaqqatsiz yashab bo‘lmaydi: hayot — faqat gulga burkangan bo‘ston emas.
I. A. GONChAROVO‘z kuchiga ishonch va boshqalar uchun yashash istagi qudratli kuchdir.
F. E. DZERJINSKIYKishi o‘ziga qanchalik kam talab qilib, odamlarga shunchalik ko‘proq foyda yetkazsa, uning yaxshiligi shu qadar ulug‘dir; boshqalarga qanchalik kam foyda yetkaza turib, o‘ziga ko‘pni talab qilsa, yomonligi ham shu qadar ortiqdir.
L. N. TOLSTOYBir odam uchun emas, balki hamma odamlarning farog‘atini ko‘zlash hamisha muhim masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
L. N. TOLSTOYOdami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
A. NAVOIY«O‘zi uchun va o‘zicha» yashash — hayot emas, balki loqayd bir holatdir: so‘z va ish birligi, kurash zarur.
I. A. GONChAROVYashash, bu kurash demakdir, nafaqat tiriklik uchun, balki hayotni yaxshilash va mukammallashtirish uchun kurash hamdir. Shuning uchun «inson», bizning nazdimizda, kurashuvchidir, faqat kurashayotgan chog‘ida yashayotganini sezadigan, har xil to‘qnashuvlardan qo‘rqmaydigan, hatto ana shu kurashdan surur topadigan kishidir, negaki kurash bor joyda hayot mashaqqati bor va kishi o‘sha yerda kurash zavqini tuyadi.
N. A. RUBAKINFidokor kishilar quyoshdek zarur. Ular jamiyatning eng shoirona va hayotbaxsh elementi bo‘lib, boshqalarga hayajon, taskin beradilar va yoshartiradilar. Ularning shaxsiyatlari — optimizm va pessimizm to‘g‘risida bahs yurituvchi, zerikkanidan xomxatala novestlar, keraksiz loyihalar va bir miriga arzimaydigan dissertatsiyalar yaratuvchi, hayotni inkor etish uchun axloqsizlik qiluvchi va bir burda non deb yolg‘on gapiruvchi kishilar toifasidan tashqari boshqacha odamlar, jasorat, e’tiqod va aniq maqsadga ega odamlar ham borligini jamiyatga uqtirib turuvchi jonli guvohlardir.
A. P. ChEXOVYashash — xarakat qilmoq demakdir.
A. FRANSTaqdirni o‘z ixtiyoriga bo‘ysundirmoqchi bo‘lgan, davri uchun yangi yo‘llar ochmoqchi, o‘z xalqini porloq istiqbolga olib bormoqchi bo‘lgan, o‘z burchini sezadigan va o‘z oldiga boshqalarning qalbida orombaxsh alanga yoqishni vazifa qilib qo‘ygan kishi — nodonlik, loqaydik dunyosiga, dushmanlik dunyosiga qarshi jangga chiqadi. Chunki hayotning ma’nosi faqat kurashdadir.
E. TELMANBuyuk ishlarni amalga oshirish uchun kishi xuddi hech o‘lmaydigandek yashashi kerak.
L. VOVENARGNima adolatli ekanini tushunish, go‘zallikni his etish, faqat yaxshilikni ravo ko‘rish — oqilona yo‘l-yo‘riq mana shudir.
A. PLATENHar bir xayrli ishni ikkinchisi bilan shunday mahkam bog‘lab yuborish kerakki, ular o‘rtasida zarracha ham oraliq qolmasin — mana shuni men hayot rohati, deb atayman.
MARK AVRELIYHayet shunchalik poyonsiz va ko‘pqirraliki, kishi unda qariyb hammavaqt o‘zining kuchli va chinakam ehtiyojiga yarashasini topa oladi.
N. G. ChERNIShEVSKIYO‘z tuyg‘usi va ehtiyojlari haqida safsata sotib, aslida o‘zini ko‘z-ko‘z qilishdan bo‘lak hech qanday tuzukroq ehtiyoji va tuyg‘usi bo‘lmagan quruq kishilarninggina hayoti bo‘sh va nursiz bo‘ladi.
N. G. ChERNIShEVSKIYO‘ziga yengil hayot axtargan kishi chindan ham ayanchlidir.
D. JORDANHar g‘aniyki, tirikligida ehsonidin ko‘ngullarni shod qilmag‘ay, o‘lganidin so‘ng ani kimsa duo bilan yod qilmag‘ay.
A. NAVOIYAhmoqona, bema’ni, qanoatsiz yashash chakki yashash emas, asta-sekin o‘lish demakdir.
DEMOKRITHayot men uchun erib tugayotgan sham emas. U mening qo‘limga bir lahzaga berilgan va men uni kelajak avlodga tutqizishdan oldin mumkin qadar yorug‘roq alanga oldirishga majbur etishim kerak bo‘lgan allaqanday ajib mash’aldir.
B. ShOU
O‘zingdan keyingilarga avvalgidan ko‘proq bilim va baxt qoldirishga intil, bizga meros qolgan narsalarni takomillashtirish va ko‘paytirish, tinmay mehnat qilmog‘imiz zarur bo‘lgan soha mana shudir.
D. DIDROInson o‘z hayotini yaxshilash ishtiyoqidan hech qachon to‘xtamaydi.
N. G. ChERNIShEVSKIYHar bir subhi tongni o‘z hayoting ibtidosi deb bil va quyoshning har bir botishini o‘z hayoting intihosi deb tushun. Shu kundalik qisqa hayoting qandaydir xayrli ish bilan, o‘z ustingdan biron-bir g‘alaba qozonishing yoki nimanidir o‘rganishing bilan nishonlansin.
J. RESKINUmr bag‘oyat qisqa va u mohiyat-e’tibori bilan zo‘r saodatdir.
S. N. SERGEEV-SENSKIYEng yaxshi zavqu safo, hayotning eng katta quvonchi o‘zingni odamlarga yaqin va kerakli deb bilishingdir.
M. GORKIYHayotda doimo o‘zing erisha olmagan biron narsaga shaydo bo‘lib yashash kerak. Inson yuksaklikka intilgan sari yanada barkamollashadi.
M. GORKIYInson yashashga monelik qiluvchilarga qarshi kurashgan taqdirdagina uning hayoti yanada mukammal va maroqli bo‘ladi.
M. GORKIYUmr o‘tib ketmoqda: kim unga yetolmasa, ikkilanib qoladi.
M. GORKIYQololmas jahon ichra mangu kishi,
Faqat qolgusi yaxshi nomu ishi.
SA’DIYHar narsada uch asosga: haqiqiy, halol va nafli narsalarga e’tibor berish kerak.
J. MARMONTEL
Yashamoq-hamisha to‘xtovsiz olg‘a intilmoq demakdir.
S.JONSONHarakatsizlik uzoq uyquga chalinish kasalligidir, xolos.
J.J. RUSSOYashamoq o‘zingni kurash, izlanish va xavf-xatar olovida yondirmog‘ingdir.
E. VERXARNHayot tomosha ham, bayram ham emas, hayot — mashaqqatli ish.
J. SANTAYaNAO‘tgan ishga afsuslanish yaramaydi, bizga qiyinchilik tug‘dirgan o‘zgarishlardan nolimaslik kerak, chunki o‘zgarishlar hayotning asosiy shartidir.
A. FRANSHayot turli xil holatlarning almashinuvidir, istagan joyda qulay ahvolda qolish uchun ularni o‘rganish, kuzatish kerak.
O. BALZAKHayot o‘z holicha hech narsani anglatmaydi: hayotning qimmati unda qanday yashay bilish bilan bog‘liq.
J.J. RUSSOHayot o‘z-o‘zicha — yaxshilik ham, yomonlik ham emas: siz uni nimaga aylantira olishingizga qarab yaxshilikning ham, yomonlikning ham uyasi bo‘lishi mumkin.
M. MONTENHayot azob-uqubat ham, orom ham emas, u zimmamizdagi va biz vijdonan oxiriga yetkazishimiz zarur bo‘lgan burchdir.
A. TOKVILHayot mezoni uning davomiyligida emas, balki siz undan qanday foydalana olganligingizdadir.
M. MONTENMunosib yashalgan hayotni yillar bilan emas, balki bajarilgan ishlar bilan o‘lchamoq zarur.
R. ShERIDANYillar uzoq yashashlikdan guvohlik berolmaydi. Inson hayoti nima ish qilinganligi va nimani tuyganligi bilan o‘lchanadi.
S. SMAYLSHayot faqat yosh bilan o‘lchanmaydi. Yigirma to‘rt yilgina yashaganlar ham bo‘lgan, yuzga chiqqan qariyalar ham bo‘lgan. Vaqt o‘taverishi bilan u qariyalar unutib yuborildi. O‘z xalqi bilan bir tanu bir jon bo‘lgan otashqalb yigirma to‘rt yoshlilar esa unutilmadi, ular xalq yuragida uzoq vaqt yashadi.
M. I. KALININHar bir daqiqani chuqur mazmun bilan boyita olgan kishi o‘z umrini cheksiz uzaytirgan bo‘ladi.
I.KURSTirik ulki, undan keyin qolsa joy —
Hovuz, ko‘lu ko‘prikla karvonsaroy.
SA’DIYHayot ham masal kabi, u uzunligi bilan emas, balki mazmuni bilan qadrli.
SENEKAHayot o‘tgan kunlar emas, balki esda qolganlaridir.
P. A. PAVLENKOHayot yashashning o‘zidagina emas, balki yashayotganligingni his etishingdadir.
V. O. KLYuChEVSKIYUzoq yashash emas, to‘g‘ri yashay bilishing muhimdir.
SENEKAHar qanday umrmas, balki yaxshi o‘tkazilgan umr — baxt-saodat hisoblanadi.
SENEKAHayot to‘laqonli bo‘lsa uzoqqa cho‘ziladi… Uni vaqt bilan emas, bajargan ishlarimiz bilan o‘lchaymiz.
SENEKAHar narsada uch asosga: haqiqiy, halol va nafli narsalarga e’tibor berish kerak.
J.MARMONTELIsonning insonligi shunchaki umr o‘tkazishi emas, balki yashashidadir.
J.LONDONYaxshi o‘tgan har qanday umr uzoq umrdir.
LEONARDO DA VINChIBenaf yashashdan bevaqt o‘lim afzal.
I.GYoTEEng dahshatlisi tirik murda bo‘lmoqdir.
M.ANDERSEN-NEKSEChumoliga o‘xshab tashib, ye bukun,
Seni go‘rda qurtlar yemasdan burun.
SA’DIYOdam ikki marta yashamaydi, lekin bir marta yashashni ham bilmaydiganlar ko‘p.
F.RYuKKERTBa’zi odam yuz yoshida qabrga kiradi-yu, aslida esa tug‘iliboq o‘lgan bo‘ladi.
J.J.RUSSOGapning sirasini aytganda, juda oz kishilar bugungi kun bilan yashaydi. Ko‘pchilik esa keyin keladigan kunlarning g‘amini yeydi.
J.SVIFTKo‘p odamlar hayotliklarida ham yashashmaydi, ular faqat yashamoqqa urinadilar.
V. G. BELINSKIYUmrni biz bugun-erta deb orqaga suramizu, u o‘tib ketadi.
SENEKAEng jirkanchlisi, dunyoda samarasiz yashamoqlikdir.
N. M. KARAMZINErug‘ dunyoda yashash — doim kurashish va doim g‘alaba qozonish demakdir.
D. I. PISAREVKimki kurashsa gar erk va hayot deb,
O‘shanga loyiqdir erk ham, hayot ham.
I. GYoTEYuraksizlik —ojizlar qismati. Kim jur’atli va tutgan ishi vijdoniga monand bo‘lsa — u o‘z e’tiqodini umrining oxirigacha himoya qila oladi.
T. PEYNXomxayollik bilan umr o‘tkazish g‘oyat bezavqdir. Ko‘proq faollik ko‘rsatish kerak.
N. ShAMFORAlanga va nur bir-biri bilan qanchalik uyg‘unlashgan bo‘lsa, hayot bilan faoliyat ham bir-biriga shu qadar mustahkam bog‘langan. Nimaiki nur sochsa, shubhasiz, yoritadi, nimaiki yashayotgan ekan so‘zsiz harakatda bo‘ladi.
F. N. GLINKAInson tabiatining mohiyati — harakatda. Tek turmoqlik o‘lim demakdir.
P. PASKALKurashning to‘xtab qolishi hayotning bosh fojiasidir.
N. A. OSTROVSKIYAgarda razm solib qaralsa, aksariyat kishilar hayotining ko‘p qismi bo‘lmag‘ur ishlarga, anchaginasi — bekorchilikka, umrning yaxlit o‘zi esa — nokerak narsalarga sarflanadi.
SENEKAO‘z hayotining mohiyatini bilmaydigan kishilarning ahvoliga voy.
V. PASKALHayot uni o‘rganadigan kishilargagina o‘rgatadi.
V. O. KLYuChEVSKIYBizning boyligimiz sihat-salomatlik, oddiy turmush tarzi, erkinlik, tan va ruhning mustahkamligi, yaxshillika mehr… qo‘shnilar bilan ahillik, do‘stlarga bog‘liqlik… omadi kelganda mag‘rurlanmaslik, osoyishtalik, muloyimlik, baxtsizlikdan hayiqmaslik, xushomadgo‘ylikka nafratdir.
F. FENELONFarosatsizlik, axloqsizlik orqasida faqat huzur-halovatga mukkasidan ketganlarning hayoti sariq chaqaga ham arzimaydi.
I. KANTSharafli ish bilan tezkor zamonga
Kim sayqal berolsa xushbaxtdir o‘sha.
A. K. TOLSTOYKurash hayot shukuhidir.
L. N. ANDREEVYashash kurash demakdir; kurash yashashdir.
P.BOMARShEKurashsiz shon-shavkat ham xazon bo‘ladi.
SENEKAKurash hayot shartidir: kurash tugasa, hayot ham mahv bo‘ladi.
V. G. BELINSKIYHayot faoliyatdan iborat, faoliyat esa kurash demakdir.
V. G. BELINSKIYKurashsiz xizmat, xizmatsiz mukofot bo‘lmaydi, harakatsizlikda esa — hayot yo‘q.
V. G. BELINSKIYAqlli va g‘ayratli odamlar oxirigacha kurashadilar, quruq va sariq chaqaga arzimaydiganlar esa o‘zlarining ma’nosiz hayotlari davomida mayda-chuyda tasodiflarga ham kurashsiz bo‘yin egadilar.
D. I. PISAREVYashamoq tananing faqat moddiy ehtiyojlarini qondirishgina emas, eng muhimi, insoniy qadr-qimmatni tushunib yetishdir.
JYuL VERNYashamoq — his etish, hayot gashtini surish, yashayotganligimizni eslatib turuvchi yangilikni muttasil tuyishdir.
N. I. LOBAChEVSKIYYashamoq — his etish va mulohaza yuritish, dard chekish va rohatlanishdir. Bulardan boshqa har qanday hayot o‘limdir.
V. G. BELINSKIYKo‘rish va sezish, bu mavjud bo‘lmoqlikdir, mulohaza yuritish esa yashash demakdir.
V. ShEKSPIRHayot doimiy mehnatdan iborat. Unga shu nuqtai nazardan qaragan odamgina hayotni insonchasiga to‘la tushunadi.
D.I.PISAREVHayot g‘ayratli mehnat tufayli jonli va go‘zaldir, u og‘ir yuk bo‘lmay, balki qanot, ijod va quvonchdir, agar kimdakim uni og‘ir yukka aylantirsa, bunga uning o‘zi aybdor.
V. V. VERESAEVJasoratga tashnalikni hamisha oqlash mumkin. Shu tashnalikda jonli insoniy qalb tepib turadi, unda sinchkov va hech qachon tinib-tinchimaydigan inson aqli yashiringan bo‘ladi.
M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRINJasorat ko‘rsatishni sevgan odam har qachon uning uddasidan chiqa oladi va qayerda jasorat ko‘rsatishni ham biladi. Agar bilsang, hayotda jasorat ko‘rsatishga hamisha o‘rin bor.
M. GORKIYJasorat iste’dod singari maqsad sari boradigan yo‘lni osonlashtiradi.
L. M. LEONOVOsuda va beg‘am hayotda surur yo‘q! Nimadir yurakni o‘rtab, fikrni tinch qo‘ymasligi kerak.
D. DAVIDOVHayotda o‘z o‘rningni topishing uchun biron ish qilmagan bo‘lsang, yashash benihoyat mushkuldir.
D. V. VENEVITINOVChuqur iz qoldirmagan umr qadam sayin o‘chib boraveradi.
A. I. GERSENInson shuni tushunishi kerakki, u dunyoning ijodkori va sohibidir, hayotdagi barcha ezguliklarning shon-shuhrati ham, yerdagi hamma baxtsizliklar ham uning zimmasiga tushadi.
R. ROLLANziyouz.uz
Hayot mohiyati haqida