Xulq-atvor to‘g‘risida
Xulq-atvor to‘g‘risida
DO`STLARGA ULASHING:
Madaniyat to‘g‘risidagi tushuncha nihoyatda keng — u yuz yuvishdan tortib, inson tafakkurining eng yuksak cho‘qqilarigacha boradi.
M.I. KALININInson o‘z ishlarining in’ikosidir.
F. ShILLERInson o‘zining qator xulq-atvoridan boshqa narsa emas.
G. GEGELInson — xulq-atvor jarayonidir.
A. GRAMShIAqli ravshan, axloqiy pok va jisman ozoda bo‘lish kerak.
A. P. ChEXOVYnsonda hamma narsa: yuz ham, kiyim ham, qalb ham, fikr ham go‘zal bo‘lishi lozim.
A.P. ChEXOVXulq — har kim o‘z qiyofasini ko‘rsatadigai ko‘zgudir.
I. GYoTEDunyo — bir ko‘zgu, u har kimning qiyofasini aks ettirib beradi.
U. TEKKEREYFaqat qilingan ishlarga qarab biz ichki kechinmalar, o‘y-xayollar, faoliyat va boshqa his-tuyg‘ular to‘g‘risida fikr yuritamiz.
K. GELVESIYJamiyat kishilarning fazilatini faqat ularning xulq-atvoriga qarab belgilaydi.
K. GELVESIYHar qanday odob o‘zining ichki negiziga ega.
I. GYoTEKishilar jiddiy ishlarda o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishga urinadilar; mayda ishlarda esa qiyofalarini namoyon etadilar.
N. ShAMFOROdamlar g‘oyalar bilan emas, xulq-atvor bilan yashaydilar.
A. FRANSDono kishilarning xulq-atvori — aqldan, o‘rtamiyona odamlarniki — tajribadan, o‘ta nodonlarniki — noilojlikdan, jonivorlarniki esa — tabiatdan yuzaga keladi.
SISERONOdamlarning xulq-atvori kitobdagi izohlar singari ularning eng muhim fazilatlarini belgilab beradi.
D. TOMASAhmoqona xatti-harakatlar pastkashlik, xavf-xatarsiz qilingan ezguliklar esa oddiy bir holdir. Hayotini xavf ostida qoldirsa ham ulkan va ulug‘ ishlarni qilgan odamgina yaxshi odamdir.
PLUTARXFaqat aqli va qalbi toza kishigina to‘la ma’nodagi yaxshi va ishonchli odamdir.
K. D. UShINSKIYKishilar qusur va fazilatlarimiz xulq-atvorimizdan bilinib turadi, deb o‘ylaydilar-u, ammo o‘sha qusur va fazilatlar har bir daqiqada o‘zini sezdirib turishini esa payqamaydilar.
R. EMERSONEng kichik, eng arzimas, eng sezilmas ishimizda ham bizning butun xarakterimiz ko‘rinadi; ahmoqning kirib-chiqishi ham, o‘tirib-turishi ham, sukut saqlashi ham, faoliyati ham aqlli kishinikiga o‘xshamaydi.
J. LABRUERKo‘ylak belni ixchamlashtirib turganidek xatti-harakat ham axloqni oshkor qiladi.
F. BEKONOdob — jamiyat qonunlari ichida eng ahamiyatlisi va eng hurmatga sazovoridir.
F. LAROShFUKOFaqat san’atdagina emas, insonning barcha ishlarida ham nafosat talab etiladi.
ERAZM ROTTERDAMSKIYO‘zingni odob qoidalariga rioya qilishdan xoli tutishing nuqsonlaringni erkin namoyon etishing uchun vosita izlayotganing bo‘lmasin tag‘in?
Sh. MONTESKEBebosh xulq-atvor doimo bebosh printsiplarga olib keladi.
S. SMAYLSSotsial buzuqlik o‘zi rivojlanayotgan sotsial muhitdan rang oladi.
O. BALZAKNimaiki yaxshi bo‘lsa hurmatga sazovordir, hurmatga sazovor narsa har doim yaxshidir.
SISERONXayrli ishlarning yana bir afzalligi shundaki, u qalbni yuksaltiradi va uni yanada ezgu ishlarga moyil qilib qo‘yadi.
J. J. RUSSOYaxshi xulqlar mayda fidoyiliklardan tashkil topgan.
R. EMERSONYaxshi ishda doimo saxovat haj, o‘sha ishni qilishga kuch ham yetarli bo‘ladi.
Sh. MONTESKEDoimo biror ish qilishni juda istagan paytingda to‘xtab, istayotgan ishing yaxshi-yomonligini o‘ylab ko‘r.
L. N. TOLSTOYIshni o‘ylab ko‘rguncha ikkilan, o‘ylab ko‘rgach, dadil bo‘l.
L. N. TOLSTOYSening har bir xulq-atvoring boshqa kishilarga ta’sir etadi; yoningda inson borligini unutma.
V. A. SUXOMLINSKIYXatti-harakatlar — fikrlar mevasidir. Fikr teran bo‘lsa — ishlar ham yaxshi ko‘chadi.
B. GRASIANYaxshi o‘ylasang, fikrlar pishib ezgulikka aylanadi.
L. N. TOLSTOYQilish lozim bo‘lmagan ishni xayolingda ham qilma.
EPIKTETKishi biror xushaxloq ish qilib qo‘ygani bilan himmatli bo‘lib qolmaydi; uning shu xush-axloqi xarakterining doimiy belgisiga aylangandagina u himmatlidir.
G. GEGELFazilatlilik shundaki, yaramas niyatlardan voz kechish emas, balki ulardan mutlaqo holi bo‘lish kerak.
B. ShOUAql nuri bilan yoritilmagan ezguliklar ham zarar keltirishi mumkin.
O. BALZAKInson farishta ham, hayvon ham emas, uning baxtsizligi shundaki, u farishta bo‘lishga qancha ko‘p urinsa, shuncha ko‘p hayvonga aylana boradi.
B. PASKALInson o‘z himmatini haddan tashqari oshirib yuborsa ham uni nuqsonlar qurshab ola boshlaydi.
B. PASKALHar qanday ezgulik oshirib yuborilgan hamono illatga aylanadi.
F. KOLLERHar qanday oshirib yuborish cheklanganlik egizagidir.
V. G. BELINSKIY…Har qanday oshirib yuborishlar nomaqbuldir; har qanday yaxshilik va foydali narsa ham oshirib yuborilsa, ma’lum chegaradan o‘tgach, yomonlik va ziyonga aylanishi mumkin va albatta aylanadi.
V.I. LENINInsondagi nuqsonlar xuddi uning afzalliklari davomiga o‘xshaydi. Ammo agar fazilatlar keragidan ortiq davom etsa, keraksiz vaqtda va keraksiz joyda ko‘zga tashlansa ular nuqsondir.
V. I. LENINHar bir kishida va uning yurish-turishida har doim o‘zingni ko‘rishing mumkin.
L. N. TOLSTOYBoshqalarning xulq-atvorini muhokama qilayotib, o‘z xulqingni esla.
L. N. TOLSTOYBoshqa odamlarda xush ko‘rmagan odatlardan o‘zing ham ehtiyot bo‘l.
KATTA KATONUxlamoqchi bo‘lganingda kun bo‘yi qilgan barcha ishlaringni bir aniqlab olmaguncha ko‘zingni yumma.
PIFAGORQo‘rqib emas, burch tuyg‘u haqqi bema’ni ishlardan tiyilish lozim.
DEMOKRITEzgulikda yashashimiz uchun biz doimo o‘z-o‘zimiz bilan kurash olib bormog‘imiz kerak.
J. J. RUSSOBegunoh bo‘lish — aybsiz bo‘lish degan so‘z, marhamatli bo‘lish esa yaramas tuygularing va niyatlaringni yengib o‘tishing demakdir.
U. PENNHimmat — nuqsondan o‘zingni tiyishing emas, unga intilmasligingdir.
B. ShOUYaxshilikning foydasi shu qadar ravshanki, hatto yaramas odamlar ham naf ko‘rib qolishni ko‘zlab yaxshilik qiladilar.
L. VOVENARGAxloqiy nopokliging o‘zingga-o‘zing nafrat bilan qara-shing belgisidir.
APULEYYaxshilar ketidan agar choparsan,
Istaging baxtingni shunda toparsan.
SA’DIYYaxshiga yaxshi bo‘l, yomonga yomon,
Gulga gul bo‘lginu tikanga tikan.
SA’DIYIflos pashsha butun devorni bulg‘ashi, arzimas iflos qiliq esa butun ishni buzishi mumkin.
A. P. ChEXOVTo‘kilgan obro‘ singan guldonga o‘xshaydi — uni chegalash mumkin, biroq darz joylar doimo ko‘rinib turadi.
B. ShOUKo‘p yaxshiliklarni yo‘qqa chiqarish uchun ozgina nuqson yetarlidir.
PLUTARXBema’ni ishning zarari shundaki, u o‘z ichida yangi qabihliklar urug‘ini yashirgan bo‘ladi.
F. ShILLER«Hamma shunday qiladi-ku» degan so‘zlar bilan yo‘ldan ozdirish og‘ir kulfatlarni boshga soladigan eng oddiy soxtagarchilikdir.
L. I. TOLSTOYO‘zgalarning yaramas ishlarini pesh qilish mag‘zavada yuvinishdir.
J. PETI-SANAqlli odam o‘zgalar aybini ko‘rib, o‘z kamchiligini yo‘qotadi.
PUBLILIY SIRSening qandaydir noto‘g‘ri ishlaringni hech kim bilmasligini istasang, bunday ishlarni hech qachon qilma.
R. EMERSONBe’mani ish uni qilgan paytda emas, balki oradan vaqt o‘tgach, uni eslaganimizda bizg‘a azob beradi, chunki uning jarohati ketmaydi.
J. J. RUSSOBizni hech narsa nuqsonlarimizdek kishanlay olmaydi.
O. BALZAKAybi ko‘p kishining hokimi ham ko‘p.
F. PETRARKAHar qanday bo‘lmag‘ur ishning aybdor yelkasiga tushiradigan qamchisi bor.
V.O. KLYuChEVSKIYAdolatsiz ishning oldini olish lozim. Agar bunday qila olmasak, loaqal adolatsiz ishga yordam bermasligimiz kerak.
DEMOKRITziyouz.uz
Xulq-atvor to‘g‘risida